Poytaxtning Shahrisabz ko‘chasida rekonstruksiya ishlari boshlandi
Jarayon transport harakati cheklanmagan holda olib boriladi
Фото: Пресс-служба Ташкента
Shahrisabz ko‘chasining butun uzunligi (3 km) bo‘ylab — Grand Mir mehmonxonasi yonidagi aylanma yo‘ldan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan masofa rekonstruksiya ishlari boshlandi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar berdi.
Tirbandliklar va ortiqcha noqulayliklarni kamaytirish maqsadida qurilish-ta’mirlash ishlari transport harakatini cheklamagan holda amalga oshirilmoqda, — deyiladi xabarda.
Hokimlik jarayonlarda yo‘l qismini vaqtincha yopish zarurati tug‘ilsa, bu haqida qo‘shimcha ravishda ma’lumot berilishini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Shahrisabz ko‘chasining davomi bo‘lgan Shota Rustaveli ko‘chasida — Grand Mir mehmonxonasiga qarama-qarshi yo‘nalishda ham rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Xususan, ko‘cha markazida avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lak tashkil etilmoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ