Yarim yilda “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish markazi” 14,3 mingta loyihaga xulosa taqdim etdi

Qurilish vazirligiga ko‘ra, uning natijasida 4,1 trln so‘m mablag‘ iqtisod qilingan

Yarim yilda “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish markazi” 14,3 mingta loyihaga xulosa taqdim etdi

2025-yilning 6 oyida “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi” tomonidan 14,3 mingta loyiha-smeta hujjatlariga xulosalar taqdim etildi. Buning natijasida 4,1 trln so‘m mablag‘ iqtisod qilindi, deb xabar bermoqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi.

Shuningdek, birinchi yarim yillikda 41 shaharsozlik normalari va qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda faol ishtirok etildi. Shu vaqtga qadar Kompetensiyani rivojlantirish institutida 150 nafar ekspert yangi bilim va ko‘nikmalarni egallab sertifikatni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ulardan 39 nafari o‘tgan olti oyga to‘g‘ri keladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi