Sariosiyo aeroporti 30 yildan so‘ng faoliyatini qayta tikladi

Endilikda Toshkent — Sariosiyo yo‘nalishida parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi

Sariosiyo aeroporti 30 yildan so‘ng faoliyatini qayta tikladi

Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo aeroporti 30-may kuni ilk reysni qabul qildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Toshkentdan bortida 48 nafar yo‘lovchi bilan uchgan samolyot soat 15:41 da aeroportga kelib qo‘ndi. Toshkent–Sariosiyo–Toshkent muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta – chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Aeroportda aerodromning sun’iy yuzalarida, ya’ni uchish-qo‘nish yo‘lagi, burilish yo‘lakchasi va samolyotlar uchun turish joylarida kapital ta‘mirlash ishlari olib borildi. Ushbu rekonstruksiya ishlaridan so‘ng aeroport 29-aprel kuni birinchi texnik parvozni qabul qildi.

Bir oy ichida 1,1 ming kvadrat metr maydon va soatiga 100 nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yangi terminal qurish bo‘yicha barcha ishlar yakunlandi.

Maʼlumot uchun, Sariosiyo aeroporti 1995-yilda fuqaro aviatsiyasi uchun yopilgan bo‘lsa, oradan 30 yil o‘tib yana yo‘lovchilarni qabul qila boshladi.

Bugunga qadar Mo‘ynoq, Qo‘qon, Shahrisabz va Zomin aeroportlari rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi