SamAuto Turkiya bilan hamkorlikda yangi avtobus va elektrobus ishlab chiqaradi

Korxonada 70 yo‘lovchiga mo‘ljallangan SAZ LF70 modeli gaz va elektr versiyalarida ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda

SamAuto Turkiya bilan hamkorlikda yangi avtobus va elektrobus ishlab chiqaradi

Samarqand avtomobil zavodi (SamAuto) Turkiyaning Anadolu Group kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘rta sig‘imli ikkita yangi avtobus modelini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlar yo‘lovchi tashish sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida SamAuto faoliyati taqdimoti davomida e’lon qilingan. Taqdimot materiallariga ko‘ra, korxonada SAZ LF70 modelini siqilgan tabiiy gazda ishlovchi avtobus va elektrobus ko‘rinishida ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Har ikki modelning uzunligi 9,4 metr, eni 2,55 metr, balandligi esa 3,45 metrni tashkil etadi. Avtobuslarning maksimal ruxsat etilgan og‘irligi 16 tonna bo‘ladi.

Siqilgan tabiiy gazda ishlovchi versiyaga Yaponiyaning Isuzu kompaniyasi ishlab chiqargan 6HF1-TCS CNG dvigateli o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Uning quvvati 180 kVt (241 ot kuchi) ni tashkil etadi. Yoqilg‘i umumiy sig‘imi 725 litr bo‘lgan beshta gaz ballonida saqlanadi.

Elektrobus esa Germaniyaning Siemens kompaniyasi ishlab chiqargan 1DB2016 elektr dvigateli bilan jihozlanadi. Uning quvvati 220 kVt (295 ot kuchi) bo‘lib, CATL kompaniyasining 281,9 kVt·soat sig‘imli akkumulyatori bilan ishlaydi.

Har ikkala model 70 nafar yo‘lovchi, jumladan 23 ta o‘tirish o‘rniga ega bo‘ladi. Ishlab chiqarishni boshlash muddati hozircha ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil avgust oyida Turkiyaning Anadolu Isuzu kompaniyasi davlatga tegishli SamAuto aksiyalarining 75,2%ini $80 mlnga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Bitim shartlariga ko‘ra, kompaniya ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yana $80 mln investitsiya kiritishi, katta sig‘imli avtobus va elektrobuslar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi hamda mahsulotlarni Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz, Yaqin Sharq va Afrika bozorlariga eksport qilishi belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda turpaket sotish uchun $50 ming miqdorida badal joriy etilishi rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda turpaket sotish uchun $50 ming miqdorida badal joriy etilishi rejalashtirilmoqda
Saudiya Arabistoni bir yil amal qiladigan ko‘p martalik Umra vizasini joriy etdi
/
Saudiya Arabistoni bir yil amal qiladigan ko‘p martalik Umra vizasini joriy etdi
“Rayhon” restoranlar tarmog‘i asoschisi sakkiz yilga qamaldi
/
“Rayhon” restoranlar tarmog‘i asoschisi sakkiz yilga qamaldi