SamAuto’ning 75,2% davlat ulushi “Anadolu Isuzu”ga sotish jarayonlari yakunlandi

Bitim bo‘yicha to‘lov Xususiylashtirish jamg‘armasiga tushib, 1 trln so‘m byudjetga yo‘naltirilgan

SamAuto’ning 75,2% davlat ulushi “Anadolu Isuzu”ga sotish jarayonlari yakunlandi

O‘zbekistonda “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ QK (SamAuto) ustav kapitalidagi 75,2% davlat ulushi Turkiyaning “Anadolu Group” tarkibidagi “Anadolu Isuzu” kompaniyasiga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qildi.

Avval xabar qilingandek, tomonlar o‘rtasida investor davlat ulushi uchun $80 mln to‘lashi, shuningdek, korxonani rivojlantirish bo‘yicha texnik-iqtisodiy baholash natijalariga asoslangan holda qo‘shimcha $80 mlnlik investitsiya kiritishi bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.

Agentlikning ma’lumotiga ko‘ra, investor bitimni amalga oshirish uchun Turkiyaning tartibga soluvchi organlaridan zarur ruxsatnomalarni olgan. Shundan so‘ng, 19-noyabr kuni davlat ulushini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolangan, 9-dekabr kuni esa $80 mlnlik to‘lov Xususiylashtirish jamg‘armasiga tushgan.

Keyinchalik ushbu mablag‘lar asosida Xususiylashtirish jamg‘armasidan 1 trln so‘m Respublika byudjetiga 10-dekabr kuni o‘tkazilgan.

Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, investor zimmasiga olgan majburiyatlar doirasida tegishli investitsiya shartnomasi rasmiylashtiriladi.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda iqtisodiyotning o‘sish sur’atini 9–10% ga yetkazish rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda iqtisodiyotning o‘sish sur’atini 9–10% ga yetkazish rejalashtirilmoqda
Prezident: Uzbekistan Airways parvozlar jadvali va raqobat muammolari sabab $120 mln daromad yo‘qotmoqda
/
Prezident: Uzbekistan Airways parvozlar jadvali va raqobat muammolari sabab $120 mln daromad yo‘qotmoqda
Toshkent–Xiva yo‘nalishida ikkinchi Hyundai Rotem tezyurar poyezdi qatnay boshlaydi
/
Toshkent–Xiva yo‘nalishida ikkinchi Hyundai Rotem tezyurar poyezdi qatnay boshlaydi