Poytaxt Parking avtomobilni ilovaga qo‘shishda texpasport tekshiruvini joriy etdi

Endilikda avtomobilni akkauntga biriktirish va jarimalar tafsilotlarini ko‘rish uchun texnik pasport ma’lumotlarini tasdiqlash talab etiladi

Poytaxt Parking avtomobilni ilovaga qo‘shishda texpasport tekshiruvini joriy etdi

Poytaxt Parking mobil ilovasini yangilab, foydalanuvchilar uchun avtomobilni akkauntga biriktirishda texnik pasport ma’lumotlarini tekshirish tartibini joriy etdi. Bu haqda pulli avtoturargohlar operatori matbuot xizmati xabar berdi.

Yangilangan versiyada tizim avtomobilning davlat raqamini uning ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi (texnik pasport) ma’lumotlari bilan avtomatik solishtiradi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, endilikda begona avtomobilni faqat davlat raqami orqali o‘z akkauntiga biriktirishning imkoni bo‘lmaydi.

Avvalroq avtomobilini ilovaga qo‘shgan foydalanuvchilar transport vositasini akkauntdan o‘chirib, uni texnik pasport ma’lumotlarini kiritgan holda qayta ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Ushbu talab bajarilmaguncha qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotlar, jumladan suratlar va geolokatsiya ilova hamda bildirishnomalarda ko‘rsatilmaydi.

Shuningdek, qoidabuzarlik uchun qarzdorlikni to‘lashga uringanda ham tizim texnik pasport ma’lumotlarini kiritishni so‘raydi. To‘lovni amalga oshirish va qoidabuzarlik tafsilotlarini ko‘rish faqat avtomobilga egalik tasdiqlangandan keyin mumkin bo‘ladi.

Bunda avans tarzida avtoturargoh xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshirish avvalgidek qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritmasdan ham mavjud bo‘lib qoladi.

Avvalroq Poytaxt Parking maxfiylikni kuchaytirish maqsadida foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi o‘zgartirilganini ma’lum qilgandi. Bunga Kurbanoff.net Telegram-kanali muallifi Shuhratbek Qurbonov aniqlagan zaiflik sabab bo‘lgan. Unga ko‘ra, verifikatsiya mexanizmi mavjud bo‘lmagani sababli istalgan shaxs avtomobil davlat raqami orqali boshqa foydalanuvchilarning to‘lanmagan parkovka tarixi va transport vositasi joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent–Xiva yo‘nalishida ikkinchi Hyundai Rotem tezyurar poyezdi qatnay boshlaydi
/
Toshkent–Xiva yo‘nalishida ikkinchi Hyundai Rotem tezyurar poyezdi qatnay boshlaydi
Toshkentdagi 120 ta avtobus bekatlari o‘z vaqtida foydalanishga topshirilmagan
/
Toshkentdagi 120 ta avtobus bekatlari o‘z vaqtida foydalanishga topshirilmagan
O‘zbekistonda islom banklarini litsenziyalash tartibi tasdiqlandi
/
O‘zbekistonda islom banklarini litsenziyalash tartibi tasdiqlandi