Toshkentdagi 120 ta avtobus bekatlari o‘z vaqtida foydalanishga topshirilmagan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi loyiha ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishni tavsiya etdi

Toshkentdagi 120 ta avtobus bekatlari o‘z vaqtida foydalanishga topshirilmagan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Toshkent shahrida avtobus bekatlarini yangilash loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazib, bir qator kamchiliklarni aniqladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident qarorlariga muvofiq, poytaxtdagi 1 785 ta avtobus bekatini zamonaviy talablarga moslashtirish maqsadida ularni E-auksion platformasi orqali ijaraga berish, rekonstruksiya va yangi bekatlar qurish ishlari esa auksion g‘olibining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.

2025–2026-yillarda o‘tkazilgan auksionlar yakuniga ko‘ra, Ewi Snacks MCHJ 266 ta bekat joylashgan yer uchastkasini ijaraga olish hamda 230 ta yangi ijtimoiy avtobus bekatini qurish huquqini qo‘lga kiritgan.

Tasdiqlangan reja bo‘yicha 2026-yil may–iyun oylarida jami 120 ta bekat, jumladan 60 ta ijaraga berilgan va 60 ta ijtimoiy bekat foydalanishga topshirilishi lozim edi.

Biroq agentlik o‘rganishlari davomida ushbu bekatlarning birortasi bo‘yicha ham foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilmagani aniqlandi. Shuningdek, ko‘plab bekatlarda qurilish-montaj ishlari yakunlanmagan, zarur uskunalar va jihozlar esa to‘liq o‘rnatilmagan.

Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimligiga shartnoma va bitimlarda nazarda tutilgan majburiyatlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash, bekatlarni tasdiqlangan texnik talablarga muvofiq jihozlash hamda ularni foydalanishga topshirish jarayonini qat’iy nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Agentlik, shuningdek, kelgusidagi auksionlarda raqobatni kuchaytirish maqsadida avtobus bekatlarini tumanlar yoki hududlar kesimida alohida lotlarga ajratib savdoga chiqarishni tavsiya qildi. Bu ko‘proq tadbirkorlarning loyiha va auksionlarda ishtirok etishiga xizmat qilishi qayd etildi.

Bundan tashqari, mas’ul idoralarga loyiha ijrosi haqida jamoatchilikni muntazam xabardor qilib borish topshirildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur yo‘nalishdagi monitoring ishlari davom ettirilishi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent–Xiva yo‘nalishida ikkinchi Hyundai Rotem tezyurar poyezdi qatnay boshlaydi
/
Toshkent–Xiva yo‘nalishida ikkinchi Hyundai Rotem tezyurar poyezdi qatnay boshlaydi
Poytaxt Parking avtomobilni ilovaga qo‘shishda texpasport tekshiruvini joriy etdi
/
Poytaxt Parking avtomobilni ilovaga qo‘shishda texpasport tekshiruvini joriy etdi
O‘zbekistonda islom banklarini litsenziyalash tartibi tasdiqlandi
/
O‘zbekistonda islom banklarini litsenziyalash tartibi tasdiqlandi