Samarqand shahrida 6 km uzunlikdagi yerusti metropoliteni quriladi

Shu kabi yangi inshootlar uchun Samarqand shahri 413 gektarga kengayirilmoqda

Samarqand shahrida 6 km uzunlikdagi yerusti metropoliteni quriladi

Samarqand shahrida 6 km uzunlikdagi yerusti metropoliteni, 112 kmlik ichki yo‘llar, 2 ta yirik ko‘prik, 7,2 kmlik ichki kommunikatsiya tunneli, 180 kmda sug‘orish quvurlari va 14 kmda kanallar barpo etilishi rejalashtirilmoqda

Prezident qaroriga muvofiq, 2023-2030-yillarda “Shirin” zamonaviy biznes markazi va turar joy majmuasi qurilishiga oid ishlar olib borilmoqda. Shu asosda Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan, Samarqand shahriga Samarqand tumanidan 170 gektar va Oqdaryo tumanidan 243 gektar yer maydonlarini berish rejalashtirilgan.

Bugun, 14-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini o‘zgartirish masalasi muhokama qilindi.

Loyihada 254 ta ko‘p qavatli uy, 19 ta biznes markaz, 50 ta ijtimoiy obyekt, 89 ta ko‘ngilochar va savdo majmuasi, shuningdek, tarixiy shahar qurilishi ko‘zda tutilgan.

Deputatlar ushbu o‘zgarishlar aholi turmush sharoitlarini yaxshilash va ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Majlis yakunida qaror loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi transport loyihalarisiz Markaziy Osiyo savdo hajmlarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlay olmaydi — Jasurbek Choriyev
/
Yangi transport loyihalarisiz Markaziy Osiyo savdo hajmlarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlay olmaydi — Jasurbek Choriyev
Fransiyaga qisqa muddatli viza olish tartibi o‘zgaradi
/
Fransiyaga qisqa muddatli viza olish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanishi mumkin
/
O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanishi mumkin