Vakolatli organlarning ruxsatisiz ko‘p qavatli uy qurishga ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda

Yangi qonun loyihasi bilan Shaharsozlik kodeksiga “master-reja” tushunchasi kiritilmoqda

Vakolatli organlarning ruxsatisiz ko‘p qavatli uy qurishga ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda

Qonunchilik palatasi 7-aprel kuni qurilish sohasida nazoratni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda Oliy Majlis quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat shaharsozlik sohasidagi huquqbuzarliklar, jumladan, ruxsatsiz qurilish hamda seysmik xavfsizlik talablariga rioya qilmaslik holatlariga qarshi kurashishga qaratilgan. Buning uchun sohada nazorat mexanizmlarini takomillashtirish va boshqaruvni kuchaytirish rejalashtirilmoqda.

Vakolatli organlarning ruxsatisiz ko‘p qavatli uylarni qurish ma’muriy huquqbuzarlik deb topiladi. Agar holat takrorlansa, aybdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Shuningdek, “master-reja” tushunchasi Shaharsozlik kodeksida alohida atama sifatida belgilab qo‘yiladi. Ushbu hujjat hududlarni kompleks rivojlantirish, mavjud muammolarni hal qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik yangilanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Yangi qoidalar sifatli qurilish, xususan, aholining ehtiyoji ortib borayotgan uy-joylar barpo etilishini ta’minlashga qaratilgan. Qonun loyihasining ayrim bandlari tadbirkorlar manfaatlaridan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqilgan.

Qonun loyihasi endilikda Senat tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shundan so‘ng u prezident tomonidan imzolanishi kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Geologiya va tog‘-kon sohasiga $30 mlrddan ortiq investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
/
Geologiya va tog‘-kon sohasiga $30 mlrddan ortiq investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda oltin zaxiralari 5 yilda yana 879 tonnaga oshiriladi
/
O‘zbekistonda oltin zaxiralari 5 yilda yana 879 tonnaga oshiriladi
AQSH vizani tezlashtirish uchun $750 lik yangi xizmatni joriy etadi
/
AQSH vizani tezlashtirish uchun $750 lik yangi xizmatni joriy etadi