Rossiyada benzin eksportiga qo‘yilgan cheklov 31-avgustgacha uzaytirildi

Qaror ichki bozorda yoqilg‘i narxining keskin oshishi bilan bog‘liq

Rossiyada benzin eksportiga qo‘yilgan cheklov 31-avgustgacha uzaytirildi

Rossiya hukumati benzin eksportiga qo‘yilgan cheklovni 31-avgustgacha uzaytirdi va bunday tartibni neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga ham joriy qildi.

Ushbu chora mavsumiy talab yuqori bo‘lgan va qishloq xo‘jaligi ishlari amalga oshirilayotgan sharoitda ichki yoqilg‘i bozorini barqarorlashtirish maqsadida qo‘llanildi.

24-iyul kuni Sankt-Peterburg xalqaro tovar-xomashyo birjasida AI-95 benzinining narxi bir tonna uchun 76,3 ming rubldan oshib, 2023-yil sentabr oyidagi rekord ko‘rsatkichga yaqinlashdi.

Benzin eksportiga cheklovning birinchi bosqichi o‘tgan yilning mart oyidan avgust oyigacha joriy etilgan edi, biroq may oyida u vaqtincha bekor qilindi. Shu bilan birga, xalqaro majburiyatlar doirasida YEOII davlatlari, O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonga eksport yetkazib berish to‘xtatilmagan.

20-maydan boshlab embargo iyun oyining oxirigacha to‘xtatildi, shundan so‘ng bu muddat yana bir oyga cho‘zildi. Keyinroq bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak 1-avgustdan boshlab, avval oktyabr oyining oxirigacha, keyin esa bahorgacha cheklovlar qayta joriy etilishini ma’lum qildi.

2025-yil fevral oyida yoqilg‘i ishlab chiqarmaydigan kompaniyalar uchun taqiq 1-martdan 31-avgustgacha bo‘lgan davrga uzaytirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Samarqand 2030-yilgacha zamonaviy “yashil shahar”ga aylantiriladi
/
Samarqand 2030-yilgacha zamonaviy “yashil shahar”ga aylantiriladi
Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi
/
Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi
/
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi