Rossiya Markaziy Banki asosiy stavkani 17%gacha pasaytirdi

Regulyator stavkani ketma-ket uchinchi marta pasaytirmoqda

Rossiya Markaziy Banki asosiy stavkani 17%gacha pasaytirdi

Rossiya Markaziy Banki 12-sentabr kuni asosiy stavkani ketma-ket uchinchi marta pasaytirdi. Stavka 1% ga tushirilib, yillik 17% etib belgilandi. Shunga qaramay, bu 2024-yil iyul oxiridan buyon eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Rossiya Banki direktorlar kengashi 2025-yil 12-sentabrda asosiy stavkani 100 bazaviy punktga pasaytirib, yillik 17,00% darajasida belgilashga qaror qildi, — deyiladi bugungi bayonotda.

Markaziy bank iyun oyida deyarli uch yildan beri (2022-yil sentabridan beri) ilk bor asosiy stavkani tushirgan edi — rekord darajadagi 21% dan 20% ga. Tarixiy maksimumda stavka yetti oydan ortiq saqlanib turgan. Iyul oyida regulyator yana pasaytirib, asosiy stavkani 18% yillik qilib belgiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda barcha valyutalar qiymati tushdi
/
O‘zbekistonda barcha valyutalar qiymati tushdi
O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish 16% ga kamaydi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish 16% ga kamaydi
Senat Markaziy bank mustaqilligini kengaytiruvchi qonunni ma’qulladi
/
Senat Markaziy bank mustaqilligini kengaytiruvchi qonunni ma’qulladi