Rossiya O‘zbekistonda 2 GVt quvvatli AES quradi

Mamlakatlar loyihani amalga oshirishning iqtisodiy shartlari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Rossiya O‘zbekistonda 2 GVt quvvatli AES quradi

O‘zbekiston va Rossiya respublika hududida atom elektr stansiyasi qurilishi shartlari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Rossiya hukumati rais o‘rinbosari Aleksandr Novak Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida ma’lum qildi.

U loyiha 1 ming MVt quvvatli ikkita yirik va 55 MVt quvvatli ikkita kichik energiya blokini o‘z ichiga olishini aniqlashtirdi. Kichik bloklar quruqlikda quriladigan birinchi bloklar bo‘ladi.

Ilgari Rossiya bunday AESlarni faqat suzuvchi inshootlar ko‘rinishida qurgan edi. O‘zbekistonda birinchi kichik blok 2029-yil oxiriga qadar ishga tushirilishi kutilmoqda. Shuningdek, Novak atom sanoatida Rossiya texnologiyalariga bo‘lgan ishonch uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
/
O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
/
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi