Toshkentda 45 mln yevrolik farmatsevtika korxonasi ishga tushirildi

Korxonada ishlab chiqarish jarayonlarining 90%i avtomatlashtirilgan bo‘lib, asosan import o‘rnini bosuvchi dori vositalari ishlab chiqariladi

Toshkentda 45 mln yevrolik farmatsevtika korxonasi ishga tushirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-sentabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi “RomPharm NS” farmatsevtika korxonasiga tashrif buyurdi. Qiymati 45 mln yevrolik loyiha doirasida to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega dori vositalari ishlab chiqariladi. Korxonadagi jarayonlarning 90%i avtomatlashtirilgan.

1,7 gektar maydonda tashkil etilgan korxonada 150 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Ishlab chiqarish uskunalari Italiya, Germaniya, Avstriya, AQSh, Shveysariya va Bolgariyadan keltirilgan.

“RomPharm NS” Markaziy Osiyodagi to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega ilk farmatsevtika majmualaridan biri bo‘lib, korxonada Yevropa Ittifoqining GMP standartlariga muvofiq tashkil etilgan o‘z nazorat laboratoriyasi ham mavjud.

Korxona asosan import o‘rnini bosuvchi dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Jumladan, bu yerda nevrologiya va kardiologiyada qo‘llaniladigan, metabolik jarayonlarni tartibga soluvchi hamda yallig‘lanish kasalliklarini davolashga mo‘ljallangan preparatlar ishlab chiqarilmoqda.

Hozirda korxona ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirmoqda. Kelgusida yiliga 1 mlrd dona tabletka, 500 mln dona kapsula va 120 mln dona sashe ishlab chiqarish quvvatiga chiqish rejalashtirilgan.

Tashrif davomida prezident ishlab chiqarish jarayoni va kompaniyaning kelgusidagi rejalari bilan tanishdi. Davlat rahbari zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish, mahalliy dori vositalari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ichki bozorning importga qaramligini kamaytirish zarurligini ta’kidladi.

Korxonani rivojlantirish ishlari prezidentning 2025-yil 28-yanvardagi farmoni bilan belgilangan farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish choralari doirasida amalga oshirilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank sentabr oyida 8 ta bankka jarima qo‘lladi
/
Markaziy bank sentabr oyida 8 ta bankka jarima qo‘lladi
Toshkentda yer hujjatlarini rasmiylashtirish uchun $840 ming talab qilgan shaxs ushlandi
/
Toshkentda yer hujjatlarini rasmiylashtirish uchun $840 ming talab qilgan shaxs ushlandi
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi