Davlat ulushi 50% dan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar ko‘chmas mulklarini onlayn auksionda sotadi

Faqat bank balansidagi mol-mulklar bozor narxida savdoga chiqariladi

Davlat ulushi 50% dan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar ko‘chmas mulklarini onlayn auksionda sotadi

2025-yil 9-iyun kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi buyrug‘iga asosan, Rieltorlik xizmatlarining 3-son milliy standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, savdo tashkilotchilari sifatida mol egasi yoki mulkiy huquq sohibi yoхud iхtisoslashtirilgan tashkilot chiqishi mumkin. Ixtisoslashgan tashkilot ashyoning mulkdori yoki mulkiy huquq egasi bilan tuzilgan shartnoma asosida faoliyat yuritadi hamda ularning nomidan yoki o‘z nomidan ish olib boradi.

Davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar (yoki ularga tegishli tashkilotlar) o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulkni faqat “E-auksion” platformasi orqali onlayn auksionlar orqali sotadi.

Faqatgina auksionda sotilmagan, bank balansiga qarzdorlik evaziga o‘tgan mol-mulk bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotilishi mumkin.

Auksion yoki tanlov qonunda belgilangan qoidalar buzilgan holda o‘tkazilgan bo‘lsa, manfaatdor shaxs da’vosi asosida sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bu holatlarda g‘olib bilan tuzilgan shartnoma ham haqiqiy emas deb topiladi.

Mazkur hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2025-yil 10-iyundan boshlab kuchga kirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Rossiya o‘zbekistonlik yuk haydovchilari uchun mamlakatda bo‘lish muddatini 2 baravar uzaytirdi
/
Rossiya o‘zbekistonlik yuk haydovchilari uchun mamlakatda bo‘lish muddatini 2 baravar uzaytirdi
Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida saqlab qoldi
/
Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida saqlab qoldi
Farg‘ona xalqaro aeroportida yangi yo‘lovchi va yuk terminallarini barpo etilishi rejalashtirilmoqda
/
Farg‘ona xalqaro aeroportida yangi yo‘lovchi va yuk terminallarini barpo etilishi rejalashtirilmoqda