Shveysariya sudi Gulnora Karimovaga qarshi ochilgan ishni tugatdi

Jarayon ayblanuvchining xorijga chiqa olmasligi va da’vo muddati tugagani sabab to‘xtatildi

Shveysariya sudi Gulnora Karimovaga qarshi ochilgan ishni tugatdi

Shveysariyaning Federal jinoyat sudi Gulnora Karimovaga nisbatan korrupsiya va noqonuniy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha ochilgan ishni yopish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Qaror seshanba kuni ertalab sud raisi tomonidan e’lon qilingan. Ishni tugatishning asosiy sababi — ayblanuvchining O‘zbekiston hududidan chiqib keta olmasligi va javobgarlikka tortish muddati yakunlanib borayotgani bilan izohlangan.

Bundan avval himoya tomoni mamlakat rasmiylari Karimovani sud majlislarida ishtirok etishi uchun xorijga chiqarishni rad etganini bildirgan edi.

Shu bilan birga, Shveytsariya tomoni mazkur qaror aybdorlikdan ozod etish yoki jazodan qochish degani emasligini ta’kidladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Gulnora Karimova 2014-yildan buyon O‘zbekistonda hibsda saqlanmoqda va hozirda jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tamoqda. U kamida 2028-yilgacha ozodlikka chiqmaydi. Amaldagi jazo muddati Yevropa sudida tayinlanishi mumkin bo‘lgan maksimal jazodan ham ortiq ekani qayd etilgan.

2025-yil yozida BMT ishchi guruhi Karimovaning hibsga olinishi va saqlanishini xalqaro normalarga zid deb baholagan hisobotni e’lon qilgan edi. O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi esa bu xulosalarni bir tomonlama deb atab, protsessual qonunchilik to‘liq bajarilgani va iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha ayb isbotlanganini bildirgan.

Shuningdek, Shveytsariya bilan tuzilgan kelishuvga muvofiq, noqonuniy olingan aktivlar hozirda BMTning maxsus ko‘p tomonlama jamg‘armasiga yo‘naltirilib, mamlakatdagi islohotlarni moliyalashtirishga sarflanmoqda.

Avvalroq $20 mln miqdoridagi mablag‘ ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilishi ma’lum qilingandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda pul o‘tkazmalari va valyuta sotib olish tartibi soddalashtirildi
/
O‘zbekistonda pul o‘tkazmalari va valyuta sotib olish tartibi soddalashtirildi
O‘zbekistonda dollar kursi yana pasaya boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana pasaya boshladi
Biznes hisoblarini soliq nizolari vaqtida bloklash bo‘yicha loyiha Senatga yuborildi
/
Biznes hisoblarini soliq nizolari vaqtida bloklash bo‘yicha loyiha Senatga yuborildi