Oʻzbekistonda rieltorlik tashkilotlari uchun maxsus standartlar belgilandi

Rieltorlik tashkilotlari mulkdor manfaatlarini inobatga olib, ko‘chmas mulkni boshqarish, ijaraga berish va xizmat ko‘rsatishni professional asosda amalga oshirishi lozim

Oʻzbekistonda rieltorlik tashkilotlari uchun maxsus standartlar belgilandi

Adliya vazirligi rieltorlik tashkilotlari tomonidan koʻchmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish faoliyatiga qoʻyiladigan talablarni belgilovchi buyruqni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Qayd etilishicha, rieltorlik tashkilotlari koʻchmas mulk obyektlarini mulkdorlar manfaatlarini hisobga olgan holda boshqarish, ijaraga berish, taʼmirlash, texnik xizmat koʻrsatish, daromad va xarajatlarni taqsimlash kabi xizmatlarni professional asosda amalga oshirishi lozim.

Standartlarga asosan:

  • koʻchmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarishning tashkiliy jihatlari;
  • ishonchli boshqaruvchi va mulkdor oʻrtasidagi huquq — majburiyatlar;
  • ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish boʻyicha talablar;
  • boshqaruvning shaffofligi va samaradorligini taʼminlash mezonlari belgilandi.

Taʼkidlanishicha, koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish boʻyicha barcha xizmatlar malaka sertifikatiga ega xodimlari mavjud rieltorlik tashkiloti tomonidan qonunchilik hamda tegishli xulq-atvori kodeksiga muvofiq taqdim etiladi.

Avvalro Davlat aktivlarini boshqarish agentligi buyrug‘iga asosan, Rieltorlik xizmatlarining 3-son milliy standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgandi.

Unga ko‘ra, savdo tashkilotchilari sifatida mol egasi yoki mulkiy huquq sohibi yoхud iхtisoslashtirilgan tashkilot chiqishi mumkin. Ixtisoslashgan tashkilot ashyoning mulkdori yoki mulkiy huquq egasi bilan tuzilgan shartnoma asosida faoliyat yuritadi hamda ularning nomidan yoki o‘z nomidan ish olib boradi.

Davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar (yoki ularga tegishli tashkilotlar) o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulkni faqat “E-auksion” platformasi orqali onlayn auksionlar orqali sotadi.

Faqatgina auksionda sotilmagan, bank balansiga qarzdorlik evaziga o‘tgan mol-mulk bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotilishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Jizzaxda tadbirkorga qo‘llangan 189,5 mln so‘mlik jarima bekor qilindi
/
Jizzaxda tadbirkorga qo‘llangan 189,5 mln so‘mlik jarima bekor qilindi
Soliq qo‘mitasi gastronomiya uchun nol stavkadagi QQS haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
/
Soliq qo‘mitasi gastronomiya uchun nol stavkadagi QQS haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Quvasoyda $20 mlnlik glazur ishlab chiqarish loyihasi 2026-yil sentabrda ishga tushiriladi
/
Quvasoyda $20 mlnlik glazur ishlab chiqarish loyihasi 2026-yil sentabrda ishga tushiriladi