UzAuto Motors 28-apreldan Chevrolet Cobalt uchun kontraktatsiyani ochadi

Sotuvlar soat 10:00 da boshlanadi, avtomobillarni onlayn va dilerlik markazlarida rasmiylashtirish mumkin

UzAuto Motors 28-apreldan Chevrolet Cobalt uchun kontraktatsiyani ochadi

UzAuto Motors Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun kontraktatsiya jarayonini boshlashini ma’lum qildi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, barcha komplektatsiyadagi sedanlar uchun shartnoma rasmiylashtirish 2026-yil 28-aprel kuni soat 10:00 da boshlanadi. Qaror yuqori talab va fuqarolar murojaatlari fonida qabul qilingan.

Avtomobil xarid qilish uchun hujjatlarni UzAvtoSavdo portali orqali masofadan turib yoki rasmiy dilerlik markazlarida rasmiylashtirish mumkin.

Navbatni kuzatish va avtomobillar mavjudligi bo‘yicha ma’lumot olish uchun UzAvtoSavdo mobil ilovasi hamda Telegram’dagi maxsus botdan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Shartnoma tuzilgandan so‘ng to‘lovni 7 kalendar kuni ichida amalga oshirish talab etiladi. Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi asosiy belgi — undagi maxsus QR-kod hisoblanadi. Kompaniya QR-kodsiz shartnomalar ishlab chiqaruvchi yoki rasmiy dilerlarga aloqador emasligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil noyabr oyida kompaniya yangilangan Cobalt MCM modellari savdosini yo‘lga qo‘yib, 2,5 soat ichida 100 ming dona avtomobil sotgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
2026-yilning birinchi choragida banklar kredit portfeli 623,3 trln so‘mdan oshdi
/
2026-yilning birinchi choragida banklar kredit portfeli 623,3 trln so‘mdan oshdi
HUMO kartalari bo‘yicha SMS-xabarnoma narxi o‘zgarmaydi
/
HUMO kartalari bo‘yicha SMS-xabarnoma narxi o‘zgarmaydi