O‘zbekistonda raqobat va reklama qonunbuzarligi haqida xabar berganlarga pul mukofoti berilishi mumkin

Jamoatchilik muhokamasiga qo'yilgan nizom loyihasida mukofot puli BHMning 100 baravarigacha taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda raqobat va reklama qonunbuzarligi haqida xabar berganlarga pul mukofoti berilishi mumkin

O‘zbekistonda raqobatga qarshi kelishuvlar hamda reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgani haqidagi ma’lumotlarni vakolatli organga taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish rejalashtirilmoqda. Buning tartibi ko‘zda tutilgan nizom loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Pul mukofotining miqdori qonunbuzarlik uchun Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasiga kelib tushgan jarima summasining byudjetga ajratmalardan qolgan qoldiq miqdoridan kelib chiqib belgilanmoqda.
Bunda:
  • raqobatga qarshi kelishuvlar amalga oshirilganligi uchun Jamg‘armaga undirilgan mablag‘ning 3%i miqdorida, ammo BHMning 100 baravaridan (41,2 mln so‘mdan) ortiq bo‘lmagan miqdorda;
  • reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi uchun jamg‘armaga undirilgan mablag‘ning 10%i miqdorida, ammo BHMning 10 baravaridan (4 mln 120 ming so‘mdan) ortiq bo‘lmagan miqdorda pul mukofoti berilishi kutilmoqda.

Loyihada qayd etilishicha, bugungi kunda raqobatga qarshi kelishuvlarni, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarni aniqlash murakkab jarayon bo‘lib, kelishuvlar o‘zaro og‘zaki tarzda amalga oshirilganda uni aniqlash va rasmiylashtirish uchun uzoq vaqt talab etmoqda. Qonunchilik talablari buzilishi holatlarini oldini olish, bartaraf etish maqsadida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va faol shaxslarni rag‘batlantirish orqali nazoratni ta’minlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish orqali mavjud resurslardan unumli foydalanish imkonini yaratish rejalashtirilmoqda.

Mazkur amaliyotni yo‘lga qo‘yish orqali, raqobatga qarshi kelishuvlar haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish bu bozorda adolatli raqobatni ta’minlash uchun samarali mexanizm hisoblanadi. Shu bilan birga, reklamalarning tegishli qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini nazorat qilishda jamoatchilik nazorati mexanizmlarini keng qo‘llash orqali iste’molchilar manfaati kamsitilishi, shuningdek, reklamalarda milliy va oilaviy an’analarga, axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish holatlari oldi olinadi.

O‘zbekistonda 2026-yil 1-avgustdan boshlab sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoidalari buzilishi yuzasidan xabar bergan shaxslar, shuningdek, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyatlar haqida xabar bergan yoki aniqlashga ko‘maklashgan fuqarolar ham pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda barcha valyutalar qiymati tushdi
/
O‘zbekistonda barcha valyutalar qiymati tushdi
O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish 16% ga kamaydi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish 16% ga kamaydi
Senat Markaziy bank mustaqilligini kengaytiruvchi qonunni ma’qulladi
/
Senat Markaziy bank mustaqilligini kengaytiruvchi qonunni ma’qulladi