Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda real ish haqi o‘sishi 7,2% ni tashkil qildi

Mamlakatda o‘rtacha oylik ish haqi qariyb 6 mln so‘mga teng bo‘ldi

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda real ish haqi o‘sishi 7,2% ni tashkil qildi

So‘nggi choraklarda O‘zbekistonda real ish haqi o‘sishi mintaqa davlatlariga nisbatan pastroq shakllanmoqda. Bu haqda Markaziy bankning ikkinchi chorak bo‘yicha mehnat bozori sharhida so‘z boradi.

Tahlillarga ko‘ra, yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda real ish haqi o‘sishi 7,2% ga teng bo‘ldi. Ayni paytda, Markaziy Osiyo davlatlarida real ish haqining o‘rtacha o‘sishi 9,8% ni, ayrim Kavkaz davlatlarini hisobga olganda esa 9,1% ni tashkil etdi. Iqtisodiyoti o‘xshash mamlakatlar bilan ko‘rsatkichlar o‘rtasida bunday tafovutning uzoq muddat saqlanib qolishi yaqin istiqbolda O‘zbekistonda xarid qobiliyati pasayishi va talabning susayishiga olib keladi.

марказий bank, nominal ish haqi, real ish haqi

Joriy yilning ikkinchi choragida O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori $91 ni tashkil etdi. Mintaqa davlatlari orasida minimal ish haqining eng yuqori miqdori Belarus ($243), Ozarbayjon ($235) va Mongoliyada ($222) qayd etildi.

O‘zbekistonda yillik minimal ish haqining aholi jon boshiga YAIM hajmiga nisbati 35% ni tashkil etdi. Bankning izohlashicha, ushbu nisbatning yuqoriligi mamlakatda daromadlar nisbatan tengroq taqsimlanganini ko‘rsatadi, nisbatning pastligi (xususan, Qozog‘iston (14%), Qirg‘iziston (14%) va Gruziya (12%) misolida) esa, aksincha, daromadlarning notekis taqsimlanganidan dalolat beradi.

O‘zbekistonda real ish haqi o‘sish sur’atida aprel-iyun oylarida ham sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi. Xususan, ikkinchi chorakda ish haqi nominal o‘sish sur’ati yillik 17,2% ni, real o‘sish sur’ati esa 7,3% ni tashkil etdi. Mamlakatda o‘rtacha oylik ish haqi qariyb 6 mln so‘mga teng bo‘ldi.

марказий bank, nominal ish haqi, real ish haqi

Sohalar kesimida esa o‘rtacha ish haqi moliya va sug‘urta (16,3 mln so‘m) hamda axborot va kommunikatsiya xizmatlarida (14,8 mln so‘m) boshqa sohalarga nisbatan yuqoriligicha qolmoqda.

Shu bilan birga, ikkinchi chorak davomida sanoat, axborot, transport va ijtimoiy xizmatlar sohalari vakillarining ish haqi boshqa tarmoqlarda faoliyat yurituvchi shaxslarnikiga nisbatan real va nominal qiymatlarda yuqoriroq o‘sdi. Ish haqining eng kam o‘sishi qurilish sohasida kuzatildi. Ushbu soha vakillarining o‘rtacha ish haqi nominal qiymatda yillik 6,1% ga oshgan bo‘lsa, real qiymatda 2,8% ga kamaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi
/
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi
OTB va ACWA Power Buxorodagi shamol elektr stansiyasi uchun $116 mlnlik bitim imzoladi
/
OTB va ACWA Power Buxorodagi shamol elektr stansiyasi uchun $116 mlnlik bitim imzoladi
O‘zbekistonda 2030-yilgacha charm-poyabzal eksporti $500 mlnga yetkaziladi
/
O‘zbekistonda 2030-yilgacha charm-poyabzal eksporti $500 mlnga yetkaziladi