“Raqobat” qo‘mitasi “Uztex Group”ning “Zarofattex”ni sotib olishini ma’qulladi

Bitim bozor raqobatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi sababli kompaniyalarni birlashtirishga ruxsat berildi

“Raqobat” qo‘mitasi “Uztex Group”ning “Zarofattex”ni sotib olishini ma’qulladi

“Raqobat” qo‘mitasi “Uztex Group” tomonidan “Zarofattex” to‘qimachilik kompaniyasini sotib olish bo‘yicha bitimni ma’qulladi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi “Uztex Group” “Zarofattex” kompaniyasini sotib olish yuzasidan “Raqobat” qo‘mitasiga ariza bilan murojaat qilgan. “Zarofattex” to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va tikish faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Ariza maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, bitim raqobatni cheklashga olib kelmasligi haqida xulosa berilgan. Shundan so‘ng uni amalga oshirishga ruxsat berildi.

Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, “Uztex Group”ning ustav kapitali 300,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Kompaniyaning 90% ulushi Janubiy Koreya fuqarosi Kim Chjon (Kim Jong)ga tegishli. Qolgan 10% ulush esa Timur Ganiyevga qarashli.

“Zarofattex” 2022-yilda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, paxta ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonaning yagona ta’sischisi Sherzod Xudoyberdiyev, direktori esa Rashid Karimov hisoblanadi. Kompaniyaning ustav kapitali 1 mln so‘mni tashkil etadi.

Har ikki kompaniya Chirchiq shahrida ro‘yxatdan o‘tgan. Ochiq reyestrlardagi ma’lumotlarga ko‘ra, “Zarofattex”ning yuridik manzili “Uztex Group” ro‘yxatdan o‘tgan manzil bilan deyarli bir xil.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda 45 mln yevrolik farmatsevtika korxonasi ishga tushirildi
/
Toshkentda 45 mln yevrolik farmatsevtika korxonasi ishga tushirildi
O‘zbekistonda rubldan tashqari barcha xorijiy valyutalar kursi pasaydi
/
O‘zbekistonda rubldan tashqari barcha xorijiy valyutalar kursi pasaydi
O‘zbekistonda aviakompaniyalar reyslar kechikkani uchun majburiy kompensatsiya to‘lashi mumkin
/
O‘zbekistonda aviakompaniyalar reyslar kechikkani uchun majburiy kompensatsiya to‘lashi mumkin