Raqobat qo‘mitasi Umra reklamasi bo‘yicha ayrim turfirmalarga jarima qo‘lladi

Ruxsatsiz ziyorat xizmatlarini targ‘ib qilgan turoperatorlar va Telegram-kanallar ma’muriy javobgarlikka tortildi

Raqobat qo‘mitasi Umra reklamasi bo‘yicha ayrim turfirmalarga jarima qo‘lladi

O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Umra safarlarini tashkil etish bo‘yicha noqonuniy reklama bergan bir qator turfirmalarga nisbatan choralar ko‘rdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘mita mutaxassislari OAV va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan reklama materiallarini “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiqligi bo‘yicha monitoringdan o‘tkazdi. Tekshiruvlar davomida ayrim turoperatorlar Umra ziyoratini tashkil etish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda reklama bergani aniqlandi.

Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida Sharofiddin Travel hamda Fayz Tour Travel kompaniyalariga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, ularga jarima qo‘llandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida ham shunga o‘xshash holatlar qayd etildi.

Umra xizmatlarini noqonuniy targ‘ib qilgan 12 ta Telegram-kanal ma’murlariga ham ma’muriy choralar ko‘rildi. Qo‘mita reklama bozorida qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etayotganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni 2026-yilgi haj mavsumiga tayyorgarlik doirasida umra safarlarini rasman cheklashini ma’lum qildi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, umra vizalarini rasmiylashtirish 2026-yil 19-mart kuni yakunlanadi. Ushbu sanadan keyin yangi umra vizalari berilmaydi.

Xorijlik ziyoratchilarning mamlakat hududiga kirishi uchun so‘nggi muddat 2-aprel 2026-yil etib belgilangan. Bu muddatdan keyin umra maqsadida kirishga ruxsat berilmaydi. Shu bilan birga, barcha ziyoratchilar 18-aprel 2026-yilga qadar Saudiya Arabistonini tark etishlari shart.

Belgilangan cheklovlar haj mavsumiga infratuzilmaviy va xavfsizlik jihatidan tayyorgarlik ko‘rish maqsadida joriy etilmoqda. Makka va Madina shaharlarida resurslar, tibbiy xizmatlar, transport va joylashtirish tizimi to‘liq haj ziyoratchilari ehtiyojlariga yo‘naltiriladi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bir vaqtning o‘zida ham umra, ham haj ziyoratchilarini qabul qilish katta tirbandlik va xavfsizlik xatarlarini keltirib chiqaradi. Shu bois umra vaqtincha to‘xtatilib, barcha kuch va imkoniyatlar haj tadbirlariga safarbar etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mirziyoyev Markaziy Osiyo uchun “Toza havo” konsorsiumini tuzishni taklif qildi
/
Mirziyoyev Markaziy Osiyo uchun “Toza havo” konsorsiumini tuzishni taklif qildi
O‘zbekistonda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzlarni undirish tartibi soddalashtirildi
/
O‘zbekistonda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzlarni undirish tartibi soddalashtirildi
Hamkorbankning 0,004% lik aksiyalari birjada sotuvga qo‘yildi
/
Hamkorbankning 0,004% lik aksiyalari birjada sotuvga qo‘yildi