Raqobat qo‘mitasi Perfectumning 50% lik ulushini sotib olish haqidagi bitimga rozilik berdi

Qo‘mita bitim mobil aloqa xizmatlari bozoridagi raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini ma’lum qildi

Raqobat qo‘mitasi Perfectumning 50% lik ulushini sotib olish haqidagi bitimga rozilik berdi

Raqobat qo‘mitasi fuqaro Farhod Mamatdjanovning “Rubicon Wireless Communication” MChJ ustav kapitalidagi 50% lik ulushni sotib olish bo‘yicha iqtisodiy konsentratsiya bitimiga rozilik berish haqidagi arizasini ko‘rib chiqdi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, “Rubicon Wireless Communication” MChJ Perfectum savdo belgisi ostida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi operator hisoblanadi.

Maxsus komissiya tomonidan o‘tkazilgan tahlillar natijasida mazkur bitimning tovar bozoridagi raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi xulosasi berildi.

Shu asosda Raqobat qo‘mitasi arizani qanoatlantirish hamda iqtisodiy konsentratsiya bitimiga rozilik berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Org.info ma’lumotlariga ko‘ra, “Rubicon Wireless Communication” MChJning ustav fondi 17,65 mlrd so‘mni tashkil etadi. iHamkor xususiy agregatorida keltirilishicha, kompaniya ustav kapitalining 50%i Imnov Abdumalik Validjanovich, 37,5% i “IMC-CAPITAL” MChJ XK, qolgan 12,5%i esa Akbarov Kamron Anvarovichga tegishli. Korxonaga Dmitriy Vladislavovich Shukov rahbarlik qilib kelgan.

Kompaniyaning yangi ulushdori Farhod Mamatdjanov O‘zbekistonning yirik tadbirkorlaridan biri sanaladi. “Infinbank” aksiyalarining 44,67 foizi unga tegishli bo‘lib, bankning asosiy aksiyadori hisoblanadi. Shuningdek, u “Uztex Tashkent” to‘qimachilik korxonasi, “Azia Trans Terminal” logistika kompaniyasi, “Rakat Plaza” biznes markazi, “Sofa Marva Tour” turizm kompaniyasi va “Terassa” MCHJda ham ulushga ega.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda yo‘lovchilar uchun bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish soddalashtirilishi mumkin
/
O‘zbekistonda yo‘lovchilar uchun bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish soddalashtirilishi mumkin
Moskvada ishbilarmonlik turizmi bo‘yicha xalqaro kongress o‘tkaziladi
/
Moskvada ishbilarmonlik turizmi bo‘yicha xalqaro kongress o‘tkaziladi
O‘zbekistonda eksport yuk tashuvlariga talab 29% ga oshdi
/
O‘zbekistonda eksport yuk tashuvlariga talab 29% ga oshdi