Agrokimyoviy mahsulotlarni raqamli markirovkalash sur’ati oshmoqda: yana ikkita korxona sinov loyihasiga qo‘shildi

Bozor shaffofligini ta’minlash va mahsulotlarni nazorat qilish maqsadida tizim ishlab chiqarish liniyalariga joriy etilmoqda

Agrokimyoviy mahsulotlarni raqamli markirovkalash sur’ati oshmoqda: yana ikkita korxona sinov loyihasiga qo‘shildi

“CRPT TURON” MCHJ mutaxassislari integratorlar bilan birgalikda mamlakatimizdagi agrokimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishlab chiqarish liniyalarida ishga tushirish-sozlash ishlarini davom ettirmoqda. Ushbu mahsulot guruhini markirovkalash bo‘yicha tajriba loyihasi doirasida ishlar olib borilmoqda. Unda sohaning beshta yetakchi kompaniyasi ishtirok etmoqda: “Maxam-Chirchiq” AJ, “Swissagro” MCHJ, “Ifoda Agro Kimyo Himoya” MCHJ, “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJ va “Schelkova Agrohim-O‘zbekiston” MCHJ QK.

18-19-avgust kunlari Namangan shahridagi “IFODA AGRO KIMYO HIMOYA” MCHJ korxonasida texnologik xususiyatlarni hisobga olgan holda Data Matrix kodlarini stikerlash usuli bilan qo‘llash jarayoni optimallashtirildi. Integrator sifatida “DESTEC” MCHJ ishtirok etdi. Namangandagi korxona O‘zbekistondagi dehqon va fermer xo‘jaliklari, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar va boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlari uchun o‘simliklarni himoya qilish vositalari va mineral o‘g‘itlarni yetkazib berish va qo‘llash bo‘yicha maslahat berish bilan shug‘ullanadi.

20-21 avgust kunlari Qo‘qon shahrida “Asl Belgisi” raqamli markirovkalash MAT operatori «DESTEC» MCHJ integratori bilan birgalikda “INDORAMA KOKAND FERTILIZERS AND CHEMICALS” AJda raqamli kodlarni stikerlash usuli bilan qo‘llash jarayonini optimallashtirdi. Korxona O‘zbekiston va MDH mamlakatlarida mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng qadimgi korxonalardan biri bo‘lib, 1935-yilda tashkil etilgan. Ayni paytda korxonada ammoniylashtirilgan superfosfat, tibbiy kislorod, lak-bo‘yoq mahsulotlari, shuningdek, o‘t o‘chirish kukunlari faol ishlab chiqarilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-maydan barcha turdagi mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalari uchun markirovkalash majburiy bo‘ladi. Bungacha ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish jarayonlariga yangi texnologiyalarni joriy etishlari, hisobga olish tizimlarini modernizatsiya qilishlari va xodimlarni o‘qitishlari kerak bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 2030-yilgacha charm-poyabzal eksporti $500 mlnga yetkaziladi
/
O‘zbekistonda 2030-yilgacha charm-poyabzal eksporti $500 mlnga yetkaziladi
O‘zbekistonda xususiy klinikalarga davlat hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
/
O‘zbekistonda xususiy klinikalarga davlat hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi
/
Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi