Quyosh panellari o‘rnatganlarga 63 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya berildi

Eng ko‘p to‘lovlar Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘iston va Toshkentda amalga oshirildi

Quyosh panellari o‘rnatganlarga 63 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya berildi

2025-yilning yanvar-iyun oylarida 28 mingdan ortiq fuqaro elektr tarmoqlariga uzatilgan quyosh elektr energiyasi uchun davlat byudjetidan 63,5 mlrd so‘mlik subsidiya oldi.

Subsidiyalarning eng katta qismi Xorazm viloyatiga to‘g‘ri keldi — 19 mlrd so‘mdan ortiq. Qoraqalpog‘istonda deyarli 10 mlrd so‘m, Toshkentda esa 5 mlrd so‘m to‘landi.

Olingan mablag‘larni Soliq mobil ilovasining “Keshbek va imtiyozlar” menyusidagi “Quyoshli uy” bo‘limi orqali bank kartasiga o‘tkazish mumkin.

2023-yil aprel oyidan boshlab amalda bo‘lgan “Quyoshli uy” dasturi doirasida quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan ortiq energiya tizimiga uzatilgan har bir kilovatt-soat energiya uchun ming so‘m to‘lash ko‘zda tutilgan. Moliyalashtirish Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda avtoturargohlarga elektromobil quvvatlash stansiyalarini o‘rnatish talablari yangilandi
/
O‘zbekistonda avtoturargohlarga elektromobil quvvatlash stansiyalarini o‘rnatish talablari yangilandi
O‘zbekistonda qarz oluvchilarning 29% bir nechta kreditdan foydalanadi
/
O‘zbekistonda qarz oluvchilarning 29% bir nechta kreditdan foydalanadi
O‘zbekistonda katta yoshdagi aholining atigi 4%i jamg‘arma yoki muddatli depozitga ega
/
O‘zbekistonda katta yoshdagi aholining atigi 4%i jamg‘arma yoki muddatli depozitga ega