O‘zbekistonda katta yoshdagi aholining atigi 4%i jamg‘arma yoki muddatli depozitga ega

Umuman olganda, voyaga yetgan fuqarolarning 86%ida bank hisobvarag‘i mavjud

O‘zbekistonda katta yoshdagi aholining atigi 4%i jamg‘arma yoki muddatli depozitga ega

O‘zbekistonda katta yoshdagi aholining atigi 4%i jamg‘arma yoki muddatli depozit hisobvaraqlariga ega. Shu bilan birga, voyaga yetgan fuqarolarning 86%ida bank hisobvarag‘i mavjud. Bu haqda Markaziy bankning 2025-yil uchun moliyaviy ommaboplik indekslari bo‘yicha hisobotida ma’lum qilindi.

Hisobotga ko‘ra, jamg‘arma mahsulotlarining mavjudlik indeksi 56 ballni tashkil etgan. Bu uchta asosiy yo‘nalish orasidagi eng past ko‘rsatkich bo‘lgan. Taqqoslash uchun, to‘lov xizmatlarining mavjudligi 69 ball, kredit mahsulotlariniki esa 64 ball bilan baholangan.

Mablag‘ jamg‘arishga bevosita mo‘ljallangan maxsus mahsulotlardan foydalanish hozircha keng tarqalmagan. Biroq depozit hisobvaraqlariga ega fuqarolar orasida ulardan foydalanish faolligi nisbatan yuqori.

Hisobot davri yakunlariga ko‘ra, depozit hisobvaraqlarining 66%i faol bo‘lgan. Ya’ni ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha so‘nggi 12 oy davomida uch martadan ko‘proq operatsiya amalga oshirilgan.

Natijada jamg‘arma mahsulotlaridan foydalanish indeksi 68 ballni tashkil etib, ularning mavjudlik indeksidan (56 ball) sezilarli yuqori bo‘lgan.

Jamg‘arma mahsulotlarining sifat indeksi 53 ballni tashkil etdi. Bunda jismoniy shaxslarning yangi muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasining jozibadorligi hamda depozit xizmatlari yuzasidan shikoyatlar sonining kamligi kabi omillar hisobga olingan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent shahar hokimi Bektemir Business City qurilishi tasdiqladi
/
Toshkent shahar hokimi Bektemir Business City qurilishi tasdiqladi
AQSh O‘zbekistonning byudjet shaffofligini talab darajasida deb topmadi
/
AQSh O‘zbekistonning byudjet shaffofligini talab darajasida deb topmadi
IT Park rezidentlari xizmatlari eksporti $390 mlndan oshdi
/
IT Park rezidentlari xizmatlari eksporti $390 mlndan oshdi