Qurilishi tugallanmagan uylarga aholini ko‘chirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda

Qonunchilik palatasi qurilish tashkilotlari rahbarlarini javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi

Qurilishi tugallanmagan uylarga aholini ko‘chirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi foydalanishga topshirilmagan ko‘p qavatli uy-joylarga fuqarolarni joylashtirishni taqiqlovchi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun loyihasi muhokamasi davomida deputatlar fuqarolarning qurilish ishlari yakunlanmagan va foydalanishga rasman topshirilmagan ko‘p qavatli uylarga ko‘chib o‘tishi bilan bog‘liq holatlar ko‘payganiga e’tibor qaratdi. Qayd etilishicha, o‘zgartirishlardan asosiy maqsad fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda qurilish tashkilotlarining mas’uliyatini oshirishdan iborat.

Shu munosabat bilan Jinoyat kodeksini qurilishi tugallanmagan binolarda fuqarolarning yashashiga yo‘l qo‘ygan qurilish tashkilotlari rahbarlari va mansabdor shaxslar uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi yangi modda bilan to‘ldirish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, Shaharsozlik kodeksiga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Unga ko‘ra, buyurtmachilar va pudrat tashkilotlari belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinmagan obyektlarga fuqarolar ko‘chib kirishining oldini olish choralarini ko‘rishi hamda bu jarayon ustidan nazoratni ta’minlashi shart bo‘ladi.

Hozirda qonun loyihasi Senat ko‘rib chiqishi uchun yuborilgan. Hujjat kuchga kirishi uchun Prezident tomonidan imzolanishi talab etiladi.

Avvalroq Senat qurilish sohasida davlat nazoratini kuchaytirishga qaratilgan qonunni ma’qullagandi. Unga muvofiq, ruxsatsiz qurilish ishlari uchun mansabdor shaxslarga BHMning 450 baravarigacha (185,4 mln so‘m) jarima belgilangan. Qoidabuzarlik takror sodir etilgan taqdirda esa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, Qurilish inspeksiyasining vakolatlari kengaytirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

TXMM ishtirokchilari uchun qoidabuzarliklar bo‘yicha $10 mlngacha jarima joriy etildi
/
TXMM ishtirokchilari uchun qoidabuzarliklar bo‘yicha $10 mlngacha jarima joriy etildi
2027-yildan pensiya hisoblashda ish haqi limiti 6,6 mln so‘mga oshirilishi rejalashtirilmoqda
/
2027-yildan pensiya hisoblashda ish haqi limiti 6,6 mln so‘mga oshirilishi rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda dollar kursi pasayishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi pasayishni boshladi