Qozog‘iston Milliy banki asosiy stavkani 16,50% darajasiga ko‘tardi

2025-yil uchun inflyatsiya prognozini avvalgi 6,5-8,5% dan 10-12% gacha yomonlashgan

Qozog‘iston Milliy banki asosiy stavkani 16,50% darajasiga ko‘tardi

Qozog‘iston Milliy banki asosiy stavkani 1,25% ga keskin ko‘tarib, uni yillik 16,50% ga yetkazdi.

Regulyatorning ta’kidlashicha, bu qaror inflyatsiya xavflarini inobatga olgan holda qabul qilingan.

2025-yil uchun inflyatsiya prognozini avvalgi 6,5-8,5% dan 10-12% gacha yomonlashgan. 2026-yil uchun prognoz ham ilgarigi 5,5-7,5% dan 9-11% gacha pasaytirildi. Faqat 2027-yilda inflyatsiya 5,5-7,5% oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda, ya’ni maqsadli ko‘rsatkichga yaqinlashishi mumkin.

Xususan, inflyatsiya prognozining keskin yomonlashuvi, tashqi inflyatsion bosimning kuchayishi, yoqilg‘i-kommunal xizmatlari narxining oshishi, QQS stavkasining ko‘tarilishi, shuningdek, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi islohotlarning davom etayotgani bilan bog‘liq. Ichki talab bosimi, Rossiyada inflyatsiyaning tezlashuvi va inflyatsion kutilmalarning barqarorlashmagani ham e’tibordan chetda qolmayapti.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida O‘zbekiston Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5% darajasida o‘zgarishsiz qoldirgan edi. Shuningdek, regulyator yil oxirigacha inflyatsiya darajasi 7–8% oralig‘ida bo‘lishini prognoz qilmoqda. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi