Avstriyaning “AME” International kompaniyasi Qo‘qon shahrida bolalar tibbiyot markazini quradi

Loyihaning birinchi bosqichida investitsiyalar $15 mlnni tashkil etadi

Avstriyaning “AME” International kompaniyasi Qo‘qon shahrida bolalar tibbiyot markazini quradi

Avstriyaning “AME” International kompaniyasi va Farg‘ona viloyati hokimligi Qo‘qon shahrida ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazini qurish bo‘yicha memorandum imzoladi.

Loyihaning birinchi bosqichida $15 mln miqdorida investitsiya jalb etish ko‘zda tutilmoqda. Yangi markazda pediatriya va onkologiya bo‘limlari faoliyat yuritadi.

Uchrashuv davomida “AME” vakillari Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyoda shunga o‘xshash loyihalarni amalga oshirganliklari haqida ma’lumot berishdi.

“AME” International kompaniyasi tibbiyot muassasalarini qurish, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va sog‘liqni saqlash tizimiga raqamli yechimlarni joriy etishga ixtisoslashgan. Bundan tashqari, kompaniya investitsiyalarni jalb qilish va loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha maslahatlar beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi