Bojxonada qoldirilgan avtomobillarni qayta rasmiylashtirilishi taklif qilindi

Tadbirkorlar, shuningdek, chegirma berilsa, logistika xizmatlarini oshirish mumkinligini ta’kidlashdi

Bojxonada qoldirilgan avtomobillarni qayta rasmiylashtirilishi taklif qilindi

Bugun, 28-iyul kuni Toshkent shahrida transport-logistika sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda

Muloqotda “Zari lagist” masʼuliyati cheklangan jamiyat taʼsischisi mutasaddilardan oʻtgan yildan qolib ketgan mashinalarni bojxonada qayta rasmiylashtirishga ruxsat berilishini soʻradi. 

Avvallari yuk avtomashinalarini Oʻzbekistonga olib kirishda oldin imtiyoz bor edi. Bizlarning shu bir ozgina invoysda bir xato boʻlganligi sababli, shu bitta mashinamiz qolib ketdi. Bu narsa koʻpchilikda boʻlsa kerak. Prezidentimiz shu yil fevral oyida mana shu imtiyozni choʻzish boʻyicha topshiriq berdilar, lekin amalga oshmadi. Taklifim, hech boʻlmasa agar, oʻtgan yildan qolib ketgan mashinalarni rasmiylashtirishga ruxsat berish boʻyicha yordam bersangiz. Anchadan beri turibdi, olti-yetti oy boʻldi, – deydi tadbirkor. 

Uning ta’kidlashicha, mashina kreditga olingan, pulni qaytarib olib kelish ham oson emas.

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov Bojxona qoʻmitasidan bunday avtofuralarning umumiy soni qanchaligini yigʻib, taklif holida Moliya vazirligiga bilan olib chiqishini bildirdi. 

Muloqot davomida yana bir tadbirkor kelgusida olib kelinadigan yuklarga ham oʻtgan yilgi chegirmalarni qoldirishni taklif qildi. 

Bizlar oʻsha oʻzimizning biznes-rejamizda transport hozirgi kunda 200 ta bor, oʻshani 2 mingtaga olib chiqmoqchimiz. Lekin agar shu chegirma yoʻlga qoʻyilsa, oʻsha bizning biznes-rejamizga qulay boʻlar edi. Bu import-eksport tashuvlarimiz Oʻzbekiston uchun muhim, – deya qo’shimcha qildi u. 

Transport vaziri Ilhom Mahkamov buning uchun mamlakatga qancha yuk kirib kelgani, avtotransport vositalariga qanchasi muhtojligini vazirlikda tahlil qilinishini ta’kidladi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
/
Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
/
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi