Qirg’iziston-O’zbekiston zavodida birinchi avtomobil may oyida ishlab chiqariladi

Korxona «Chevrolet» va «Isuzu» brendlari ostida avtomobillar ishlab chiqaradi

Qirg’iziston-O’zbekiston zavodida birinchi avtomobil may oyida ishlab chiqariladi

«Altin Tulpar unaa qurulush» loyihasi rahbari Bahautdinov Qirg’iziston-O’zbekiston qo’shma zavodining birinchi avtomobili konveyerdan may oyining oxirigacha chiqarilishini ma’lum qildi. Bu haqda Economist.kg nashri xabar bermoqda.

Dastlabki bosqichda kompaniya transport vositalarini yig’adi keyinchalik ishlab chiqarishni lokalizatsiya qiladi. Bahautdinov «Chevrolet» va «Isuzu» yengil avtomobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilganligini aytdi.

Qirg’iziston va O’zbekiston o’rtasida qo’shma avtomobil zavodi qurish to’g’risidagi bitim o’tgan yilning 29 yanvarida imzolangan edi. Dastlab kompaniya iyul oyida ish boshlashi haqida xabar berilgan edi, keyinchalik ishga tushirish muddati sentyabrga, keyin esa joriy yilning boshiga ko’chirildi. Qirg’iziston hukumati tomonidan e’lon qilingan zavodni ishga tushirishning so’nggi rasmiy taxminiy muddatlari joriy yilning ikkinchi choragida belgilangan.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi
/
O‘zbekistonda yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi
O‘zbekistonda o‘g‘it ishlab chiqarish bo‘yicha $2,8 mlrdlik 42 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda o‘g‘it ishlab chiqarish bo‘yicha $2,8 mlrdlik 42 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda
Kimyo sanoatida serpentinitni qayta ishlashga $200 mlnlik loyihalar boshlanadi
/
Kimyo sanoatida serpentinitni qayta ishlashga $200 mlnlik loyihalar boshlanadi