Toshkentdagi pullik avtoturargohlarni boshqarish huquqi 20,9 mlrd so‘mga sotildi

Loyihani amalga oshirish huquqini Korzinka supermarketlar tarmog‘ini boshqaruvchi ANGLESEY FOOD qo‘lga kiritdi

Toshkentdagi pullik avtoturargohlarni boshqarish huquqi 20,9 mlrd so‘mga sotildi

Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik asosida yerusti pullik avtoturargohlarini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha elektron auksion yakunlandi. Savdolarda ANGLESEY FOOD MChJ shaklidagi xorijiy korxona g‘olib deb topildi,  deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.

Boshlang‘ich narxi 1,3 mlrd so‘m etib belgilangan lot savdolar yakunida 20,9 mlrd so‘mga sotildi.

Shartlarga ko‘ra, investor davlatga bir martalik 20,9 mlrd so‘m to‘lovni amalga oshiradi. Bundan tashqari, loyiha doirasida har yili ijara to‘lovi hamda Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar to‘lab boradi.

Korzinka brendi rasmiy sahifalarida ma’lum qilishicha, ushbu loyiha yo‘l bo‘yidagi pulli avtoturargohlarni tashkil etish bilan bog‘liq emas.

Gap faqat Korzinka supermarketlari yonida mavjud bo‘lgan avtoturargoh maydonlari haqida bormoqda.

Korzinka supermarketlar tarmog‘i faoliyat yuritayotgan do‘konlari yonida joylashgan 36 ta mavjud avtoturargoh maydonini ijaraga olish huquqini qo‘lga kiritgan, deyiladi xabarda.

Ushbu avtoturargohlar qatnov qismidan tashqarida joylashgan bo‘lib, yo‘l harakati, piyodalar yo‘laklari va yashil hududlardan ajratilgan hamda allaqachon supermarket mehmonlari tomonidan foydalanib kelinmoqda.

Ma’lumot uchun, ANGLESEY FOOD MChJ shaklidagi xorijiy korxona Korzinka supermarketlar tarmog‘ini boshqaruvchi kompaniya hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentning uch tumanida kompleks qurilish va renovatsiya loyihalari amalga oshiriladi
/
Toshkentning uch tumanida kompleks qurilish va renovatsiya loyihalari amalga oshiriladi
“O‘zbekneftgaz” kreditlarni qayta moliyalashtirish hisobiga 219 mlrd so‘m tejadi
/
“O‘zbekneftgaz” kreditlarni qayta moliyalashtirish hisobiga 219 mlrd so‘m tejadi
Rublning so‘mga nisbatan kursi uch oyda qariyb 20% ga pasaydi
/
Rublning so‘mga nisbatan kursi uch oyda qariyb 20% ga pasaydi