O’zbekistonda 2024-yildagi pul o’tkazmalari hajmi $11,3 mlrdga yetdi

Bu o’tgan yilga qaraganda 35%ga ko’p

O’zbekistonda 2024-yildagi pul o’tkazmalari hajmi $11,3 mlrdga yetdi

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 11,3 mlrdga yetdi. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Joriy yil yanvar–sentyabr oylarida Oʻzbekistonga kirib kelgan pul oʻtkazmalari hajmi $11,3 mlrdga yetdi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 34,8%ga koʻp, dedi Nurmuratov.

Ushbu davr mobaynida Rossiyadan $8,8 mlrd pul o‘tkazmalari kelib tushgan va 77,8% bilan yetakchilik qilmoqda.  Undan keyingi o‘rinlarni $625 mln bilan Qozog‘iston hamda $420 mln bilan Janubiy Koreya egallagan.

Shuningde, AQShdan $415 mln, Turkiyadan $291 mln va Buyuk Britaniyadan $93 mln miqdorida pul mablag‘lari kelgan. Transchegaraviy jo‘natmalar hajmi o‘sishi bo‘yicha Polsha yuqori o‘rinni egalladi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank vakili inflyatsiya 5% ga tushmaguncha asosiy stavka 14% da saqlanishini ma’lum qildi
/
Markaziy bank vakili inflyatsiya 5% ga tushmaguncha asosiy stavka 14% da saqlanishini ma’lum qildi
O‘zbekiston 157 mln yevroga o‘nta Škoda elektropoyezdini xarid qiladi
/
O‘zbekiston 157 mln yevroga o‘nta Škoda elektropoyezdini xarid qiladi
Urbanizatsiya qo‘mitasi 35 ta hududdagi ko‘chmas mulk bozorida narxlarini o‘rgandi
/
Urbanizatsiya qo‘mitasi 35 ta hududdagi ko‘chmas mulk bozorida narxlarini o‘rgandi