Toshkent shahri hokimiga turizm bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi
Azizxon Shovkatov bu lavozimga qadar ISSV boshqarmasida birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan
Shovkatov Azizxon Anvarbek o‘g‘li Toshkent shahri hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Azizxon Shovkatov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U mazkur tayinlovga qadar poytaxt Investitsiyalar, sanoat va savdo bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Ushbu lavozimda u 2024-yilning iyunidan beri ishlab kelgan va yaqinda Turizm qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinlangan Sanjar Tadjiyevning o‘rnini egalladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ