O‘zbekistonda poyezdlar kechikkanda yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi

2 soatdan ortiq kechikishlarda chipta puli to‘liq qaytarilishi mumkin

O‘zbekistonda poyezdlar kechikkanda yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi

O‘zbekistonda ichki temir yo‘l qatnovlarida kechikishlar uchun yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lash tizimi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2025-yil davomida fuqarolardan poyezdlar jadvaldan og‘ishi bo‘yicha 50 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Xususan, Toshkent — Buxoro — Toshkent yo‘nalishidagi “Sharq” poyezdi muntazam ravishda 40–60 daqiqa kechikib kelgani qayd etilgan.

Tekshiruvlar davomida amaldagi tartibda bunday holatlar uchun moliyaviy kompensatsiya mexanizmi nazarda tutilmagani aniqlangan. Shu sababli qo‘mita Transport vazirligiga ushbu tizimni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha taklif kiritgan.

Natijada yo‘lovchi va bagaj tashish qoidalarining yangi tahriri ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, poyezd kechikkan taqdirda quyidagi miqdorlarda pul qaytarilishi taklif etilmoqda:

  •  15–30 daqiqa — chipta qiymatining 15%i;
  • 31–60 daqiqa — 25%;
  • 61–120 daqiqa — 50%;
  • 121 daqiqadan ortiq — 100%.

Avval bunday amaliyot faqat yuqori tezlikdagi “Afrosiyob” poyezdlariga nisbatan qo‘llanilgan. Endilikda ushbu tartib barcha ichki temir yo‘l qatnovlariga tatbiq etilishi kutilmoqda.

Mazkur chora yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish va ularning huquqlarini yanada samarali himoya qilishga qaratilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Future Open Technologies “Open bank”ning qolgan ulushlarini ham sotib oldi
/
Future Open Technologies “Open bank”ning qolgan ulushlarini ham sotib oldi
O‘zbekistonda minimal ish haqini 2030-yilgacha 2,1 mln so‘mga yetkazish taklif qilindi
/
O‘zbekistonda minimal ish haqini 2030-yilgacha 2,1 mln so‘mga yetkazish taklif qilindi
“Tashabbusli budjet” loyihalarining yarim puli yig’ilsa, qolgan qismi avtomatik ajratiladi
/
“Tashabbusli budjet” loyihalarining yarim puli yig’ilsa, qolgan qismi avtomatik ajratiladi