Toshkentda piyodalar xavfsizligi uchun qariyb 7,5 mlrd so‘m ajratiladi

Loyihalar “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi orqali amalga oshiriladi

Toshkentda piyodalar xavfsizligi uchun qariyb 7,5 mlrd so‘m ajratiladi

Toshkent shahar hokimligi piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 7,5 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ ajratadi.

Hokimlik qaroriga ko‘ra, poytaxt ko‘cha va yo‘llarida harakat xavfsizligini oshirish, xususan, piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish uchun temir panjaralar o‘rnatiladi. Ushbu ishlar uchun 6,91 mlrd so‘m ajratilishi belgilangan.

Loyihalar Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi orqali amalga oshiriladi hamda Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar uchun tuman obodonlashtirish boshqarmalariga 588 mln so‘m ajratiladi.

Mazkur tashabbus piyodalar xavfsizligini oshirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va shahar infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda.

May oyida ham Toshkent shahri hokimi poytaxtda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish uchun 2,44 mlrd so‘m ajratish to‘g‘risida qaror imzolagan edi.

20-may kuni imzolangan qarorga ko‘ra, ushbu mablag‘lar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish uchun tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga asosan Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tuman Obodonlashtirish boshqarmalariga ajratiladi.

Mablag‘ning 1,46 mlrd so‘mi piyodalar bo‘yicha yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida ko‘cha va yo‘llar bo‘ylab temir panjara o‘rnatish uchun sarflanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi