“IMC Capital’’ korxonasi “Perfectum’’ning hamkor egasiga aylandi

Avval kompaniyaning yagona egasi Abdumalik Iminov edi

“IMC Capital’’ korxonasi “Perfectum’’ning hamkor egasiga aylandi

Mobil aloqa operatori “Perfectum’’ning ta’sischilari tarkibi o‘zgardi. Bu haqda Timurmalik Elmuradov Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestri (KTYDR)ga tayanib xabar berdi.

2023-yilning 14-martidan buyon Abdumalik Iminov Perfectum kompaniyasining yagona egasi sifatida qayd etilgan edi. Bungacha kompaniyaning 65% aksiyalari davlatga, qolgan 35% esa xorijiy kompaniya “Amis Protrade International’’ ga tegishli edi. Biroq, Iminovning Perfectumning 100% egasi bo‘lgan aniq sanasi ma’lum emas.

Endi yangi hamkor egalar qatoriga 12,5% ulush bilan Kamron Akbarov va 37,5% ulush bilan “IMC Capital’’ qo‘shildi.

“IMC Capital’’, shuningdek, Yagona Respublika Prosessing Markazi (UZCARD) kompaniyasining asosiy egasi bo‘lgan “UCMGʻ’ kompaniyasining ham asosiy aksiyadori hisoblanadi. UZCARDning 75% ulushi “UCMGʻ’ga, qolgan 25% ulushi esa Kamron Akbarovga tegishli.

Yuridik shaxslar reyestriga ko‘ra, “IMC Capital’’ 2022-yilning 31-avgustida tashkil etilgan bo‘lib, kompaniyaning yagona aksiyadori sifatida “Berill Holding Company Limited’’ ko‘rsatilgan. Bu kompaniya 2023-yil 15-iyunda Birlashgan Arab Amirliklarida ro‘yxatdan o‘tgan.

“Perfectum’’ 1995-yilning noyabr oyida tashkil etilgan va O‘zbekistonda D-AMP raqamli standartiga ega mobil aloqa tarmog‘ini joriy qilgan birinchi operator hisoblanadi. 2001-yilda esa kompaniya CDMA standartidagi tarmoqni ishga tushirgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi