“Pepsi” ichimliklarini ishlab chiqaruvchi kompaniya “Baraka market” supermarketlariga egalik qiladi

“International Beverages Tashkent” “Urban Retail” ning ulushlarini olish haqidagi arizasi qanoatlantirildi

“Pepsi” ichimliklarini ishlab chiqaruvchi kompaniya “Baraka market” supermarketlariga egalik qiladi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan “International Beverages Tashkent” MCHJ XKning “Urban Retail” MCHJ XKning 100% ulushlarini olish bo‘yicha arizasi qanoatlantirildi. Bu haqda qo‘mita rasmiy sahifasida ma’lum qildi

“International Beverages Tashkent” MCHJ XK “Pepsi”, “7UP”, “Mirinda”, “Mountain Dew”, “Adrenaline Rush” va “Lipton” savdo belgilari ostida salqin ichimliklar ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot hisoblanadi. 

“Urban Retail” MCHJ XK “Baraka market” savdo belgisi ostida supermarketlar tarmog‘i orqali spirtsiz salqin ichimliklar, oziq-ovqat hamda nooziq-ovqat mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanib keladi. 

Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitim korporativ tarkibiy o‘zgartirish hisoblanishi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobat muhitiga ta’sir ko‘rsatmaydi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Coca-Cola Uzbekistan $25 mlnlik soliq talabi yuzasidan sudga murojaat qildi
/
Coca-Cola Uzbekistan $25 mlnlik soliq talabi yuzasidan sudga murojaat qildi
XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishini prognoz qildi
/
XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishini prognoz qildi
Apple MacBook va iPad narxlarini keskin oshirdi
/
Apple MacBook va iPad narxlarini keskin oshirdi