Stanislav Skvirskiy “Payme” bosh direktori etib tayinlandi

Yangi lavozimda u rivojlanish strategiyasi, yangi mahsulotlarni ishga tushirish va jamoaning operatsion boshqaruvi bilan shug‘ullanadi

Stanislav Skvirskiy “Payme” bosh direktori etib tayinlandi

Stanislav Skvirskiy “TBC Uzbekistan” ekotizimiga kiruvchi “Payme” to‘lov xizmatining bosh direktori etib tayinlandi.

Yangi lavozimida u “Payme” jamoasining rivojlanish strategiyasi, yangi mahsulotlarni joriy etish va operatsion boshqaruvi bilan shug‘ullanadi, bunda “TBC Uzbekistan” bosh direktori Nika Kurdianiga bo‘ysungan holda ishlaydi.

Bundan oldin u “Payme” moliyaviy mahsulotlar bo‘limini boshqargan va kundalik banking yo‘nalishiga, jumladan P2P o‘tkazmalari, to‘lovlar, ularning monitoringi hamda “GovTech” ga rahbarlik qilgan. Skvirskiy “TBC” kompaniyasiga 2023-yilda ishga kirgan.

U Toshkentda tug‘ilib o‘sgan, “GE Money Bank” xalqaro kompaniyasida va “Skybonds” fintech xizmatida ishlagan, u yerda mahsulotlarni ishlab chiqish va moslashtirishga mas’ul bo‘lgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi
/
O‘zbekistonda yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi
O‘zbekistonda o‘g‘it ishlab chiqarish bo‘yicha $2,8 mlrdlik 42 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda o‘g‘it ishlab chiqarish bo‘yicha $2,8 mlrdlik 42 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda
Kimyo sanoatida serpentinitni qayta ishlashga $200 mlnlik loyihalar boshlanadi
/
Kimyo sanoatida serpentinitni qayta ishlashga $200 mlnlik loyihalar boshlanadi