“Chirchiq” texnoparkida 2030-yilgacha $207 mln investitsiya o‘zlashtiriladi

Texnoparkda ishlab chiqarish hajmini $294 mln, eksportni esa $48 mlnga yetkazish rejalashtirilgan

“Chirchiq” texnoparkida 2030-yilgacha $207 mln investitsiya o‘zlashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki faoliyati hamda kimyo sanoatini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

2022-yilda tashkil etilgan texnopark kimyo mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va investorlar uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan. Maydoni 26,4 gektarni tashkil etuvchi hududda zamonaviy infratuzilma yaratish uchun $25 mln yo‘naltirilgan.

2025-yilda texnoparkda $56 mln investitsiya o‘zlashtirilib, 758 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Korxonalar tomonidan $60 mlnlik 150 dan ortiq turdagi mahsulot ishlab chiqarildi.

2030-yilgacha texnoparkda investitsiyalar hajmini $207 mln, ishlab chiqarish hajmini $294 mln va eksportni $48 mlnga yetkazish rejalashtirilgan. Ish o‘rinlari soni esa 2,3 mingtagacha oshiriladi.

Taqdimotda kimyo sanoatini rivojlantirish bo‘yicha yirik loyihalar ham ko‘rib chiqildi. Xususan, fosforli va suvda eruvchan o‘g‘itlarga bo‘lgan talabni qoplash maqsadida $2,8 mlrdlik investitsiya loyihalari ishlab chiqilgan.

Neft-kimyo tarmog‘ida polimerlarga ichki talab 2032-yilga borib 3,2 mln tonnaga yetishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Angrenda “Ko‘mirdan olefinlar olish” va Qo‘ng‘irotda “Naftani qayta ishlash” loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Maishiy kimyo sohasida esa yangi investitsiya loyihalari hisobiga import hajmini ikki barobarga qisqartirish, ichki talabning 64%ini mahalliy mahsulotlar bilan qoplash va eksport hajmini oshirish ko‘zda tutilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Raqobat qo‘mitasi tadbirkorlarni xavf darajasiga qarab baholash tizimini joriy etishni taklif qildi
/
Raqobat qo‘mitasi tadbirkorlarni xavf darajasiga qarab baholash tizimini joriy etishni taklif qildi
O‘zbekistonning davlat qarzi $47 mlrdga yaqinlashdi
/
O‘zbekistonning davlat qarzi $47 mlrdga yaqinlashdi
UzSungwoo’dagi davlat ulushi 585,8 mlrd so‘mga sotildi
/
UzSungwoo’dagi davlat ulushi 585,8 mlrd so‘mga sotildi