“Payme” AJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida tan olindi

Qaror kompaniya tomonidan yuborilgan xabarnomaga asosan qabul qilingan

“Payme” AJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida tan olindi

Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan onlayn to‘lov tizimlari bozorida “Payme” AJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e‘tirof etildi. Bu haqda Qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda

Qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Raqamli platforma operatorining ustun mavqeini va ustun muzokara kuchini e‘tirof etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” da raqamli platforma operatorining ustun mavqega ega deb e‘tirof etilish mezonlariga ko‘ra tasdiqlandi. 

Bunga asos sifatida “Payme” AJ tomonidan onlayn to‘lov tizimlari bozorida ustun mavqega erishganligi to‘g‘risida Raqobat qo‘mitasiga taqdim etilgan xabarnoma inobatga olingan. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda
/
Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda
1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
/
1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi
/
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi