Raqobat qo’mitasi “White Gold Klaster”ga nisbatan 104 mlrd so‘mlik jarima qo‘lladi

Kompaniya 5 ming tonnadan ortiq paxta tolasini to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali sotgani va 700 mln so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlandi

Raqobat qo’mitasi “White Gold Klaster”ga nisbatan 104 mlrd so‘mlik jarima qo‘lladi

Sirdaryo viloyatida faoliyat yurituvchi “White Gold Klaster” MCHJga paxta tolasi mahsulotlarini birja savdolarisiz sotgani uchun moliyaviy jarima qo‘llanildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarning birja savdolari doimiy monitoring qilib boriladi.

Raqobat qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida “White Gold Klaster” MCHJ 5 ming tonnadan ortiq, qiymati 104 mlrd so‘mlik paxta tolasi mahsulotini birja savdolarini chetlab o‘tgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotgani aniqlangan.

Shuningdek, ushbu mahsulotlar narxi birja savdolarida shakllangan o‘rtacha kotirovka narxlari bilan taqqoslanganda yuqoriroq narxda realizatsiya qilingani va buning natijasida korxona 700 mln so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani qayd etildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 170-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari buzilgani alomatlari bilan “White Gold Klaster” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha korxonaga belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llanildi. Shuningdek, aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘tgan yilda transport sohasiga $2,1 mlrd investitsiya kiritildi — Jamshid Qo‘chqorov
/
O‘tgan yilda transport sohasiga $2,1 mlrd investitsiya kiritildi — Jamshid Qo‘chqorov
Ishmetov Markaziy banklarni iqtisodiyot uchun inqiroz ssenariylarini oldindan hisoblashga chaqirdi
/
Ishmetov Markaziy banklarni iqtisodiyot uchun inqiroz ssenariylarini oldindan hisoblashga chaqirdi
O‘zbekistonda elektromobillar soni bir yilda 68% ga oshdi
/
O‘zbekistonda elektromobillar soni bir yilda 68% ga oshdi