Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Pavilion” savdo majmuasiga $25 mln investitsiya kiritildi

Majmua 4,6 gektar hududda barpo etilgan boʻlib, ming oʻrinli avtoturargohga ega

Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Pavilion” savdo majmuasiga $25 mln investitsiya kiritildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida yangi bunyod etilgan “Pavilion” savdo majmuasini borib koʻrdi.

Mazkur majmua ana shunday yondashuvning amaliy ifodasi boʻldi. Tashabbuskor investor tomonidan loyihaga $25 mln sarmoya yoʻnaltirilgan. Majmua 4,6 gektar hududda barpo etilgan boʻlib, 42 ming kvadrat metr qurilish ishlari bajarilgan. Hududda ming oʻrinli avtoturargoh ham tashkil etilgan.

Uch qavatli majmuada savdo doʻkonlari bilan birga keng yoʻlaklar, ochiq va qulay jamoat maydonlari, xaridorlar uchun zamonaviy sharoit yaratilgan. Loyiha orqali 2 ming nafar aholi ish bilan taʼminlandi.

Bu yerda 500 ta doʻkondagi qurilish va taʼmirlash uchun zarur mahsulotlarni bir joyda taklif etish imkoniyati yaratiladi. Barcha mahsulotlar va ularning narxi yagona elektron platforma orqali shaffof koʻrinib turadi. Majmua yiliga 3 mlngacha xaridorga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega boʻladi.

Hududda xavfsizlik masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Butun savdo kompleksi 500 ta zamonaviy kuzatuv kamerasi bilan qamrab olingan.

Prezident Toshkentning tarixiy o‘n ikkita darvozasi bo‘lganini eslatib, bugun poytaxt atrofida ham shunday, turli yo‘nalishlarga ixtisoslashgan zamonaviy savdo markazlarini ko‘paytirish zarurligini qayd etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes-ombudsman Caravan Group asoschisiga beriladigan 12,5 mlrd so‘mlik kompensatsiya bo‘yicha sud qaroriga shikoyat kiritadi
/
Biznes-ombudsman Caravan Group asoschisiga beriladigan 12,5 mlrd so‘mlik kompensatsiya bo‘yicha sud qaroriga shikoyat kiritadi
Toshkentda 2026-yilda 18 ta yangi turizm koʻchasi tashkil etiladi
/
Toshkentda 2026-yilda 18 ta yangi turizm koʻchasi tashkil etiladi
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondagi ikki kompaniyaga sanksiya kiritdi
/
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondagi ikki kompaniyaga sanksiya kiritdi