O’zbekistonda parrandachilik klasterlarini tashkil etish uchun $100 mln ajratiladi

Oltita tumanda parrandachilik klasterlarini ochish rejalashtirilgan

O’zbekistonda parrandachilik klasterlarini tashkil etish uchun $100 mln ajratiladi

O’zbekistonda parrandachilik klasterlarini yaratish uchun oltita tumanda $100 mln va 400 gektarga yaqin yer ajratiladi. Bu haqda prezident qaroridan ma’lum bo’ldi.

Umumiy summadan $40 mln xalqaro moliya institutlari, $35 mln Mikrokreditbank orqali O’zbekistonni rekonstruksiya qilish va rivojlantirish jamg’armasi tomonidan, qolgan $25 mln esa nomi oshkor etilmagan loyiha tashabbuskori tomonidan investitsiya qilinishi kutilmoqda.

Dastlab Zoomin, Baxmal, Bulungur va Gallaorol tumanlarida 100 ming boshli naslchilik korxonasini ochish rejalashtirilgan.

Keyingi bosqichda Ohangaron va Parkent tumanlarida yiliga 135 mln qushni ko’paytirish uchun reproduktor, 700 ming tonna aralash ozuqa ishlab chiqarish zavodi va 100 ming tonna go’shtni qayta ishlash zavodi tashkil etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda Amazonning sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda Amazonning sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushiriladi
Andijon, Namangan va Samarqand milliondan ortiq aholiga ega shaharlarga aylantiriladi
/
Andijon, Namangan va Samarqand milliondan ortiq aholiga ega shaharlarga aylantiriladi
O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti bu yil $180 mlrddan oshishi kutilmoqda — Prezident
/
O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti bu yil $180 mlrddan oshishi kutilmoqda — Prezident