Markaziy bank JCh-2026ga bag‘ishlangan oltin va kumush esdalik tangalarini muomalaga chiqaradi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining tarixiy mundial yo‘llanmasi sharafiga 100 ta oltin va 1000 ta kumush tanga zarb etildi

Markaziy bank JCh-2026ga bag‘ishlangan oltin va kumush esdalik tangalarini muomalaga chiqaradi

Markaziy bank futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining ilk bor FIFA Jahon chempionati — 2026 musobaqasiga yo‘l olgani munosabati bilan maxsus esdalik tangalarini muomalaga chiqaradi.

Qayd etilishicha, tarixiy natijani abadiylashtirish maqsadida 999,9 asllikdagi sof oltin va kumushdan kolleksion tangalar zarb etilgan.

Tangalar aversida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi logotipi, klassik futbol to‘pi tasviri hamda “Tarixiy zafar. O‘zbekiston futboli jahon chempionatida — 2026” yozuvi aks ettirilgan. Ushbu elementlar milliy terma jamoaning tarixdagi ilk mundial yo‘llanmasini ifodalaydi.

Revers qismida esa muxlislar orasida “Oq bo‘rilar” nomi bilan tanilgan milliy terma jamoa ramzi tasvirlangan. Bo‘ri silueti futbolchilarning shijoati, jamoaviy ruhi va matonatini anglatadi. Shuningdek, unda 26 nafar futbolchi silueti mujassam etilib, tarixiy natija butun jamoaning birdamligi va mehnati mahsuli ekani ramziy tarzda ifodalangan.

Tanga dizaynida milliy terma jamoa liboslaridagi naqshlardan ham foydalanilgan bo‘lib, ular O‘zbekistonning tarixiy obidalari devorlaridagi bezaklardan ilhomlangan.

Og‘irligi 31,1 gramm bo‘lgan esdalik tangalar cheklangan miqdorda — 100 ta oltin va 1000 ta kumush nusxada ishlab chiqarilgan.

Esdalik tangalari 18-iyundan boshlab respublika bo‘ylab 690 ta tijorat banki filiallarida sotuvga chiqariladi. Ularning narxlari hamda banklardagi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida har kuni e’lon qilib boriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston 2035-yilgacha islomiy moliyasi rivojlanishi bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylanishi mumkin
/
O‘zbekiston 2035-yilgacha islomiy moliyasi rivojlanishi bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylanishi mumkin
Toshkentda bo’lib o’tayotgan biznes-forum doirasida 193 ta AQSH kompaniyalari bilan uchrashuv o’tkazildi
/
Toshkentda bo’lib o’tayotgan biznes-forum doirasida 193 ta AQSH kompaniyalari bilan uchrashuv o’tkazildi
O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi