Ozon O’zbekiston va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

Hamkorlik doirasida “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” maxsus bo‘limi ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda

Ozon O’zbekiston va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

Ozon marketpleysi va “Oʻzeltexsanoat” O’zbekiston Elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasi Toshkent xalqaro investitsiya forumida hamkorlik haqidagi memorandumga imzo qo’ydilar. O’zbekiston elektronika va maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari platformadagi faoliyatlarini boshlashda to’liq qo’llab-quvvatlash va alohida “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” bo’limiga ega bo’ladilar.

Hujjatni “Oʻzeltexsanoat” boshqaruv kengashi raisi Mirziyod Yunusov va Ozon MDH mamlakatlari bo’yicha rahbari Natalya Boer imzoladilar. Hamkorlikdan ko’zlangan asosiy maqsad — O’zbekistonlik elekronika va maishiy texnika ishlab chiqaruvchilariga o’z mahsulotlarini Ozon platformasi orqali O’zbekiston va Rossiya bozorlariga yanada samaraliroq sotishda ko’maklashishdan iborat. Tomonlar qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, biznes faoliyatini kengaytirishga qaratilgan tadbirlar o’tkazish va loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqdalar. Ishlab chiqaruvchilar platformadagi faoliyatini boshlashda bepul o’qitish va hamkorlikdagi reklama kampaniyalaridan tortib, har bir sotuvchiga alohida Ozon akkaunt menejeri biriktirilishigacha — to’liq qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘ladilar.

“Oʻzbekiston bozori kuchli ishlab chiqarish potensialiga ega. Biz, mahalliy elektronika va maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari nafaqat Oʻzbekistonda, balki Rossiyada ham talabga ega sifatli mahsulotlarini taklif qilishga tayyorligini ko’rib turibmiz. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan memorandum imzolanishi mahalliy biznesni tizimli qo’llab-quvvatlashga qaratilgan yangi bosqichni boshlab bermoqda”, — deydi Ozon MDH rahbari, Natalya Boer.

Hamkorlikning muhim amaliy natijasi sifatida O’zbekiston ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini taqdim etishi uchun marketpleysdagi maxsus “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” bo’limining yo’lga qo’yilishi kutilmoqda. O’z navbatida, bu mahsulotlarni ko’rishlar sonini ko’paytirish, xaridorlar ishonchini oshirish hamda marketpleysdagi millionlab takliflar orasidan mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ajratib ko’rsatish imkonini beradi.

“Ozon bilan hamkorlik o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekiston va Rossiyadagi xaridorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatini yaratadi. Tadbirkorlar bepul ta’lim, marketing bo‘yicha ko‘mak hamda shaxsiy akkaunt-menejer xizmatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” bo‘limi mahalliy brendlarimizning tanilishiga xizmat qilib, eksport salohiyatini yanada oshiradi. Elektrotexnika sanoati uchun bu xalqaro elektron tijorat maydonida o‘z o‘rnini mustahkam egallash va raqobatbardosh mahsulotlarini dunyo bozoriga dadil olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamdir”, — dedi “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi Mirziyod Mirahmadovich Yunusov.

Ozon O’zbekiston bozoriga 2023-yilda kirib kelgan. 2025-yilda Ozon O’zbekiston mablag’lar aylanmasi o’tgan yilga nisbatan deyarli 4 barobar o’sgan, shu davr ichida faol foydalanuvchilar soni esa yaqin 3,5 barobar oshdi. Kompaniyaning O’zbekistondagi logistika imkoniyatlari o’z ichiga Toshkentdagi saralash markazini oladi. Bundan tashqari, kompaniya buyurtmalarni topshirish punktlarini faol rivojlantirmoqda.

Ozon — rivojlangan logistika tarmog‘iga ega bo‘lgan ko‘p toifali marketpleys. Kompaniya Qozog‘iston, Armaniston, Belarus, Rossiya, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Turkmaniston, shuningdek, Xitoy va Turkiyada faoliyatini amalga oshiradi. Savdo platformasida kitoblar va kiyim-kechakdan tortib oziq-ovqat va salomatlik mahsulotlarigacha bo‘lgan 20 dan ortiq toifadagi 400 milliondan ortiq mahsulot nomlari taqdim etilgan. 67,3 million faol xaridor allaqachon Ozon’ning rivojlangan logistika infratuzilmasi yordamida buyurtmalarni qabul qilmoqda, bu esa 750 mingdan ortiq tadbirkorlarga Rossiya va MDH mamlakatlarida o‘z mahsulotlarini sotish imkonini beradi.

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Škoda Transportation 10 ta elektropoyezd yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi
/
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Škoda Transportation 10 ta elektropoyezd yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi
2026-yilda kichik biznesni qanday rivojlantirish mumkin: TBC Suhbat: Biznes’dan beshta amaliy xulosa
/
2026-yilda kichik biznesni qanday rivojlantirish mumkin: TBC Suhbat: Biznes’dan beshta amaliy xulosa
Ipoteka bank OTP Group’ning 2026-yilning I choragi bo‘yicha MHXSga muvofiq moliyaviy natijalari
/
Ipoteka bank OTP Group’ning 2026-yilning I choragi bo‘yicha MHXSga muvofiq moliyaviy natijalari