“O‘zminda” kompaniyasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yildi

Xaridorning zimmasiga kompaniya faoliyatini kamida 10 yil davomida saqlab qolish yuklatiladi

“O‘zminda” kompaniyasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yildi

“O‘zminda” qo‘shma kompaniyasidagi 50% davlat ulushi sotuvga qo‘yildi. Bu haqda E-auksion tizimida ma’lum qilindi.

Kompaniyaning 50%i Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga, qolgan qismi esa Hindistonning Minda Capital Limited kompaniyasiga tegishli.

Davaktiv o‘z ulushini E-auksion platformasida 31 mlrd so‘m boshlang‘ich narx bilan sotuvga qo‘ygan. Talabgorlardan arizalar 20-martgacha qabul qilinadi.

“O‘zminda” kompaniyasi avtomobil butlovchi qismlari, jumladan, tezlikni o‘lchash qurilmalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaning zavodi Navoiy viloyatining Karmana tumanida joylashgan. Uning umumiy maydoni 2,54 gektarni tashkil etadi.

2025-yil 1-chorak yakuniga ko‘ra, kompaniya aktivlari 64 mlrd so‘mni, ustav kapitali 6,9 mlrd so‘mni, debitorlik qarzdorligi esa 31,2 mlrd so‘mni tashkil qiladi.

Kompaniya hisobot davrida 67 mln so‘m zarar ko‘rgan. Kreditorlik qarzdorligi esa 74,2 mlrd so‘mga teng.

Xaridor majburiyatlari

Xaridor jamiyat ustav kapitalidagi davlat ulushini jamiyatning barcha kreditorlik va debitorlik majburiyatlari bilan birga sotib oladi.

Shuningdek, uning zimmasiga kompaniya faoliyatini kamida 10 yil davomida saqlab qolish yuklatiladi.

Uskunalarni O‘zavtosanoat bilan kelishgan holda sotishi yoki sotib olishi belgilangan. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar UzAuto Motors talablari asosida tayyorlanishi lozim.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2027-yilda Yangi Sergeli ko‘chasida avtobus uchun 5,5 kilometrlik BRT yo‘lak quriladi
/
2027-yilda Yangi Sergeli ko‘chasida avtobus uchun 5,5 kilometrlik BRT yo‘lak quriladi
Toshkentda uy-joy narxlari iyul boshida 0,6% ga oshdi
/
Toshkentda uy-joy narxlari iyul boshida 0,6% ga oshdi
Yerusti metro liniyasi bo‘ylab 400 ta savdo shoxobchalari ishga tushiriladi
/
Yerusti metro liniyasi bo‘ylab 400 ta savdo shoxobchalari ishga tushiriladi