UzAuto Motors’ning bozordagi ulushi 47,1% gacha pasaydi

Besh oyda Chevrolet avtomobillari savdosi ilk bor 80% dan pastladi

UzAuto Motors’ning bozordagi ulushi 47,1% gacha pasaydi

2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda jami 192 893 dona avtomobil ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11% dan ortiq o‘sishni anglatadi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Hisobot davrida ishlab chiqarilgan avtomobillarning 190 480 donasi yengil, 2 413 donasi esa yuk avtomobillari bo‘ldi. Taqqoslash uchun, 2025-yilning yanvar–may oylarida mamlakatda 173 084 dona avtomobil ishlab chiqarilgan edi.

Modelar kesimida eng yuqori o‘sish BYD avtomobillarida qayd etildi. Mazkur brend ishlab chiqarishi bir yil ichida 5 495 donadan 10 120 donagacha oshdi. Haval ishlab chiqarishi ham 2 930 donadan 4 038 donagacha ko‘paydi.

Shu bilan birga, Cobalt O‘zbekistonda eng ko‘p ishlab chiqarilayotgan avtomobil maqomini saqlab qoldi. Besh oy davomida ushbu modeldan 69 302 dona ishlab chiqarildi. Tracker ishlab chiqarishi 18 519 donaga, KIA esa 11 128 donaga yetdi.

Ayrim modellar ishlab chiqarishi esa kamaydi. Xususan, Damas ishlab chiqarish hajmi 38 753 donadan 35 269 donaga tushdi. Onix ishlab chiqarishi 16 215 donadan 15 157 donagacha, Chery esa 3 362 donadan 3 156 donagacha qisqardi.

photo_2026-07-02_12-48-44

Bozordagi vaziyat ham o‘zgarishda davom etmoqda. 2026-yilning yanvar–may oylarida mamlakatda 146 361 dona avtomobil sotildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,7% ga ko‘p.

Shu bilan birga, UzAuto Motorsning ichki bozordagi ulushi pasayishda davom etdi. Agar 2025-yilning dastlabki besh oyida kompaniyaning ulushi 55,9% ni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 47,1% gacha tushdi. Bu bozorda raqobat kuchayib borayotganini ko‘rsatmoqda, biroq kompaniya hali ham yetakchilikni saqlab qolmoqda.

Kompaniyaning moliyaviy natijalari ham pasayishni ko‘rsatdi. 2026-yilning birinchi choragida UzAuto Motorsning sof foydasi 648,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davridagi 771,9 mlrd so‘mga nisbatan 16% kamdir.

Bundan tashqari, Chevrolet brendi avtomobillarining bozordagi ulushi ham qisqardi. Bir yil avval 82,3% ni tashkil etgan ko‘rsatkich joriy yilda 78,4% gacha pasaydi. Natijada, Chevrolet avtomobillari savdosi ulushi O‘zbekistonda ilk bor 80% dan pastga tushdi.

Eng ko‘p sotilgan model bo‘lib qolayotgan Cobaltning savdosi ham sezilarli qisqardi. Besh oy davomida ushbu modeldan 35 245 dona sotildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 35,4% ga kam hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi
/
OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo’lini Turkiya qadar uzaytirish taklif qilindi
/
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo’lini Turkiya qadar uzaytirish taklif qilindi
SOCAR O‘zbekistondan neftni Qora dengiz orqali tranzit qilishni yo‘lga qo‘ydi
/
SOCAR O‘zbekistondan neftni Qora dengiz orqali tranzit qilishni yo‘lga qo‘ydi