2024-yil O‘zbekiston sug‘urta bozoriga 6,5 trln so‘m miqdorida investitsiya kiritilgan

Mamlakatdagi 33 ta sug‘urta kompaniyalari ichida “Apex Insurance” yetakchilik qilmoqda 

2024-yil O‘zbekiston sug‘urta bozoriga 6,5 trln so‘m miqdorida investitsiya kiritilgan

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 33 ta sug‘urta kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 5 tasi hayotni sug‘urtalovchi tashkilotlardir.

Sug‘urta kompaniyalari tomonidan kiritilgan investisiyalar umumiy hajmi qariyb 6,5 trln so‘mni tashkil etib, 2023-yilning shu davriga nisbatan 6,4% ga o‘sdi. Investisiyalarning 70,1% ni depozitlar, 19,9% ni qimmatli qog‘ozlar, 6,9% ni esa ko‘chmas mulklar tashkil etdi.

Olingan sug‘urta mukofotlari hajmi bo‘yicha umumiy sug‘urta sohasida yetakchilikni “Apex Insurance” egalladi — 2,8 trln so‘m (+37,2% y/y), undan keyin “O‘zbekinvest” — 1,3 trln so‘m (+3,0% y/y) va “Kafolat SK” — 0,7 trln so‘m (+4,9% y/y) bilan joy olishdi.

Hayotni sug‘urtalash sohasida “Apex life Insurance” yetakchilik qilmoqda — 223,2 mlrd so‘m sug‘urta mukofotlari (+250,4% y/y), ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni “Alfa Life Insurance” 26,3 mlrd so‘m bilan (-31,9% y/y) va “Kafolat Hayot Insurance” 17,2 mlrd so‘m bilan (-16,6% y/y) mos ravishda egallashdi.

Amaldagi shartnomalar soni bo‘yicha 1 179 ming shartnoma (+11,1% y/y) natijasi bilan “Gross sug‘urta kompaniyasi” yetakchilik qildi. Ikkinchi o‘rinni 1 090 ming shartnoma bilan “My-Insurance” egalladi (+54,3% y/y), “O‘zbekinvest” esa 986 ming shartnoma (-3,3% y/y) bilan kuchli uchlikni yopdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi