2026-yilda “O‘zbekneftgaz”ga geologiya-qidiruv ishlari uchun 30 ta hudud ajratiladi

Shuningdek, prezidentning neft-gaz sohasiga oid qarori loyihasi uch kun ichida tayyorlanib, qabul qilinishi rejalashtirilmoqda

2026-yilda “O‘zbekneftgaz”ga geologiya-qidiruv ishlari uchun 30 ta hudud ajratiladi

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev O‘zbekneftgaz kompaniyasi faoliyatining kelgusidagi vazifalari va rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari O‘rol Yusupov O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida yig‘ilishda geologiya-qidiruv ishlari hajmini oshirish va yangi konlarni o‘zlashtirish masalalari muhokama qilinganini qayd etdi. Jumladan, energiya resurslari ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Mamlakatimiz hududidagi istiqbolli maydonlarda 2026-yildan boshlab geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish evaziga kamida 30 ta shunday hududni O‘zbekneftgaz ixtiyoriga berish bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilab berildi, — dedi u.

Buning uchun Geologiya vazirligi 2D va 3D seysmik modellashtirish hajmini tezlashtirib, O‘zbekgeofizika’ning moddiy-texnik bazasini kengaytiradi hamda geologiya-qidiruv ishlarini ko‘paytirish uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirining neft-gaz sohasiga mas’ul o‘rinbosari Xurshed Mustafoyevning ma’lum qilishicha, tadbirda geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish, O‘zbekneftgaz’ning moliyaviy holatini yaxshilash, foydasini oshirish va mahsulot tannarxini pasaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uch kun muddatda prezidentning tegishli qarori loyihasi tayyorlanadi, unda belgilangan vazifalar doirasidagi maqsadli ko‘rsatkichlar aks ettiriladi.

O‘zbekneftgaz boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginovning ma’lum qilishicha, prezident tabiiy gaz zaxirasini oshirish, qazib olish hajmini ko‘paytirish orqali mavjud quvvatlarni to‘liq ishga solish bo‘yicha topshiriqlar bergan. Buning uchun neft-gaz sohasini chuqur transformatsiya qilish, sohani raqamlashtirish va kompaniyaning moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish hamda xarajatlarni qisqartirish rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Pavilion” savdo majmuasiga $25 mln investitsiya kiritildi
/
Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Pavilion” savdo majmuasiga $25 mln investitsiya kiritildi
Toshkentda 2026-yilda 18 ta yangi turizm koʻchasi tashkil etiladi
/
Toshkentda 2026-yilda 18 ta yangi turizm koʻchasi tashkil etiladi
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondagi ikki kompaniyaga sanksiya kiritdi
/
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondagi ikki kompaniyaga sanksiya kiritdi