O‘zbekistonda 5 mln kishi kamida bitta bank kreditiga ega — Markaziy bank

Banklardan kredit olgan aholining taxminan 27% ida ikki yoki undan ortiq kredit bor

O‘zbekistonda 5 mln kishi kamida bitta bank kreditiga ega — Markaziy bank

Markaziy bank ma’lumotlarida keltrilishicha, 2025-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, mamlakatda qariyb 5 mln kishi kamida bitta bank kreditiga ega. Banklardan kredit olgan aholining taxminan 27% i, ya’ni 1,4 mln kishida ikki yoki undan ortiq krediti bor.

Banklardan kredit olgan jismoniy shaxslarning:

  • 11% ida 3 ta va undan ortiq;
  • 16% ida 2 tadan;
  • 73% ida 1 ta kredit bor.

2020-yil boshida uchta yoki undan ko‘p kreditga ega bo‘lganlar ulushi 5% ni tashkil etgan. O‘sha yilda ikki kreditga ega bo‘lganlar ulushi 13% bo‘lgan. Bitta krediti borlar esa 82% ni tashkil etgan.

Bu o‘zgarishlar aholining kreditdan ko‘proq foydalanayotganini va moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj oshib borayotganini ko‘rsatadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston YAIM 6,7–6,8% atrofida shakllanishi kutilmoqda — Moliya vazirligi
/
O‘zbekiston YAIM 6,7–6,8% atrofida shakllanishi kutilmoqda — Moliya vazirligi
MTZ O‘zbekistonga 3 mingdan ortiq traktor va butlovchi qismlar yetkazadi
/
MTZ O‘zbekistonga 3 mingdan ortiq traktor va butlovchi qismlar yetkazadi
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
/
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi